Raqobat – bozor iqtisodiyotining tayanchi
Urganchda “Investor – raqobat poydevori” mavzusida tadbirkorlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Urganchda “Investor – raqobat poydevori” mavzusida tadbirkorlar forumi bo‘lib o‘tdi.Viloyat, tuman va shaharlar hokimlarining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmasi xodimlari, iqtisodchilar, korxona rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida xususiy mulk va investitsiyalar daxlsizligini ta’minlash, sarmoyadorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar import o‘rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.
Prezidentimizning 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Xorazm viloyatidagi bir qator bino va inshootlar sarmoyadorlarga berilib, zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Viloyatda “Raqobatni rivojlantirish bo‘yicha 2016-2017-yillarga mo‘ljallangan hududiy dastur” loyihasi tayyorlandi.
– Mazkur hududiy dasturga muvofiq, viloyatda 194 loyihani 12 milliard so‘mdan ziyod investitsiya kiritish orqali amalga oshirish natijasida 1000 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi, – deydi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Mansur Rahmatullayev. – Forumda tadbirkorlik subyektlariga ishlab chiqarishni tashkil etish borasida yaratilgan qulayliklar va raqobatni rivojlantirish uchun davlat tomonidan berilgan imtiyozlar xususida atroflicha ma’lumot berildi.
Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi, sanoat tarmoqlarining holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, bugungi kunda erishilayotgan yutuqlar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va iqtisodchi olimlarning ma’ruzalari tinglandi.
– Mamlakatimizda tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, – deydi “Khorezm-Tex” korxonasi rahbari Q.Sodiqov. – Uch yil oldin Bog‘ot tumanidagi qurilishi tugallanmagan to‘qimachilik fabrikasi binosini “nol” qiymatida xarid qilgan edik. Obyektga 12 milliard so‘mdan ortiq investitsiya kiritish orqali jahon bozorida xaridorgir ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Natijada 200 dan ortiq aholi ish bilan ta’minlandi. O‘tgan yili 1,5 million dollarlik mahsulotimizni xorijga eksport qildik.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi P.Bobojonov so‘zga chiqdi.