Bugungi kunda mamlakatimizning barcha sohalarida raqamli texnologiyalar keng joriy etilmoqda va ular faoliyat samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda.

Axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, internet xizmatlari va mobil aloqa tizimlarining jadal rivojlanishi nafaqat iqtisodiyot, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, energetika kabi muhim yo‘nalishlarni ham yangi bosqichga olib chiqmoqda. Raqamli transformatsiya jarayonlari tashkilotlar ishini samarali tashkil etish bilan birga, aholi uchun qulay va zamonaviy imkoniyatlar yaratib beryapti.

“Huawei” kompaniyasining O‘zbekistondagi ommaviy axborot bilan aloqalar bo‘yicha menejeri Aleksandra Nabiyeva bilan suhbatimiz “Raqamli texnologiyalar – zamonaviy taraqqiyotning asosiy omili” mavzusiga bag‘ishlandi.

 – O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasida erishilayotgan natijalarni alohida qayd etish zarur, – dedi A. Nabiyeva. – Avvalo, bu sohadagi yutuqlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning izchil amalga oshirilayotgani samarasidir. 

Shuningdek, so‘nggi yillarda barcha sohalarda raqamlashtirish jarayonlari tizimli yo‘lga qo‘yilmoqda. Har bir hududda IT-parklar faoliyatini tashkil etish, bu orqali sohaga qiziquvchi yoshlar uchun ta’lim va ish imkoniyatlarini yaratish davlatimiz tomonidan raqamli taraqqiyotga qaratilayotgan e’tiborni yaqqol namoyon etadi. 

Ayniqsa, bu jarayonda xalqaro hamkorlikning o‘rni beqiyos. Shu nuqtai nazardan, “Huawei” kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyati  raqamli sohaning rivojiga munosib hissa qo‘shish bilan bog‘liq. Jumladan, 2024 yilda mamlakatimizda 5.5G texnologiyalari sinovdan o‘tkazildi. Mazkur texnologiyalar AKT haftaligi doirasida namoyish etildi va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi marta yurtimizda joriy etildi. Bu qadam raqamli infratuzilmani yanada mustahkamlash va yuqori texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

– 5G va 5.5G texnologiyalarining joriy qilinishi qanday natijalar berdi? 

– Eng avvalo, aloqa operatorlari yuqori tezlikdagi xizmatlarni taqdim etish zaruratini teran anglab yetdi. Bugungi kunda Toshkent, Farg‘ona vodiysi va boshqa hududlarda 5G tarmoqlari faoliyat ko‘rsata boshladi. Shu bilan birga, savdo markazlari va metro stansiyalarida yuqori tezlikdagi aloqa xizmatlari ishga tushirildi.

Quvonarlisi, 3-4 yildan buyon muhokama qilinayotgan 5G texnologiyasi faqat poytaxtda emas, balki viloyatlarda ham bosqichma-bosqich joriy etilyapti. O‘tgan yili Farg‘ona vodiysi va boshqa hududlarda tegishli loyihalar amalga oshirildi. Bu esa aloqa operatorlari tomonidan yuqori tezlikdagi xizmatlarga bo‘lgan talab va ehtiyojni chuqur anglash natijasi sifatida baholanadi. 

"Ucell" kompaniyasida 5G ichki qamrov loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ayni vaqtda Toshkentdagi yirik savdo markazlarida 5G texnologiyasidan foydalanish imkoni mavjud. Ya’ni, u sinovdan o‘tkazilmoqda. Yaqinda esa metro stansiyalarida ham 5G aloqa xizmatlari ishga tushirildi. 

“Huawei” kompaniyasi aloqa operatorlari bilan hamkorlikda qator dastur va tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Foydalanuvchilarga yanada yaqinlashish maqsadida joriy yilda brend zonalari ochildi. Endi “Huawei” mahsulotlari nafaqat kompaniyaning o‘z ofislarida, balki Toshkent va Samarqanddagi “Mobiuz” ofislarida ham namoyish etilmoqda. Shu yil 1 aprel kuni mazkur yangilik tantanali ravishda e’lon qilindi. 

– Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida qanday tashabbuslar amalga oshirilmoqda?

–Biz AKT sohasidagi hamkorlar bilan samarali va do‘stona aloqalar o‘rnatishga harakat qilmoqdamiz. Ta’lim va texnologiyalar yo‘nalishida kelgusida natija beruvchi muhim memorandumlar imzolanmoqda. Yaqinda amalga oshirilgan yirik loyihalardan biri - bu raqamli iqtisodiyot bo‘yicha “Oq kitob” yaratilishi bo‘ldi. Ushbu tashabbus O‘zbekistondagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

“Huawei” nafaqat aloqa sohasida, balki energetika, xususan quyosh energetikasi, elektromobillar va energiyani saqlash kabi strategik sohalarda ham faol ish olib bormoqda. Masalan, bugungi kunda elektromobillardan foydalanuvchilar IT Park avtoturargohiga borib, qurilmalar orqali mashinasini tez va samarali quvvatlash imkoniga ega. 

– Yoshlar va mutaxassislar tayyorlash sohasida qanday dasturlar amalga oshirilmoqda?

– O‘tgan yili bir qator muhim dastur va loyihalar hayotga tatbiq etildi. Ular orasida sevimli tashabbuslarimizdan biri - “Seeds for the Future” bo‘lib, bu dasturda qatnashgan yoshlar davlat delegatsiyalari tarkibida Barselona va Shanxayda tashkil etilgan xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi hamda o‘z innovatsion g‘oyalarini taqdim etdi. 

Shuningdek, “Tech4Good Global Competition” tanlovida “Silver Award” mukofotiga sazovor bo‘lgan o‘zbek yoshlari ikki hafta mobaynida Xitoyda bo‘lib, dunyo bo‘ylab kelgan tengdoshlari bilan yangilik va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 

Bundan tashqari, “ICT Academy” dasturi orqali talabalar raqamli texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy bilimlarni bepul olish imkoniga ega. Akademiya nafaqat ta’lim beradi, balki yoshlarni xalqaro tanlovlarga tayyorlashda ham faol ishtirok etadi. 

– Shu o‘rinda, kompaniya faoliyati haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz? 

– “Huawei” kompaniyasi dunyo bo‘ylab 170 ta mamlakat va hududlarda faoliyat olib bormoqda. O‘zbekistonda esa o‘tgan yili kompaniyaning faoliyatiga 25 yil to‘lgani nishonlandi. Bugungi kunda butun dunyoda 3 milliarddan ortiq kishi “Huawei” xizmatlaridan foydalanmoqda. Bu raqamli aloqa, zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, operatorlar va hamkorlar orqali amalga oshirilmoqda. 

Kompaniyada faoliyat yuritayotgan xodimlar soni bu yil 208 000 nafarga yetdi, ularning yarmidan ortig‘i tadqiqot va ishlanmalar (R&D) sohasida ishlamoqda. O‘zbekistondagi ofisimizda 400 nafardan ziyod mutaxassis faoliyat yuritmoqda. 

Bizning asosiy maqsadimiz esa O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shishdir.

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva
suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli texnologiyalar – zamonaviy taraqqiyotning asosiy omili