Partiya saylovoldi dasturida “Yangi Oʻzbekiston: “raqamli” va axborot jamiyatiga ega mamlakat”, gʻoyasi ilgari surilib, ushbu yoʻnalishda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish taklif etilgan edi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabda ayni shu mavzuda Respublika yoshlar konferensiyasi oʻtkazildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi “Yoshlar qanoti” tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, qator nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tegishli tashkilot masʼullari, faol yoshlar hamda partiya “Yoshlar qanoti” faollari ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, partiya “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturini joriy etish, “aqlli”, “xavfsiz” shahar, “internet buyumlar” texnologiyalarini keng joriy qilish, telekommunikatsiya infratuzilmasini yana-da rivojlantirish, ushbu asosda mamlakat YAIMning 30 foizga oʻsishi hamda “raqamli iqtisodiyotga tayyorlik” va “AKT rivojlanishi” xalqaro indekslari boʻyicha ilgʻor davlatlar qatoriga kirishni taʼminlashni ustuvor vazifa, deb biladi.

Viloyat va shaharlarda raqamli koʻnikmalar darajasidagi boʻshliqni bartaraf etish maqsadida respublikaning barcha hududlarida ixtisoslashtirilgan oʻquv markazlari tashkil etish, vertikal boshqaruv oʻquv modeli tizimini tuman va shaharlar darajalarida (IT-park filiali-oʻquv markazi-maktab) joriy etish, aholi oʻrtasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun “Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, maktabgacha, oʻrta va oliy taʼlim tizimi uchun elektron taʼlim resurslarini yana-da takomillashtirish, shuningdek, ichki va jahon taʼlim resurslaridan foydalanishni taʼminlash masalalari ham eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda.

Konferensiyada mavzuga oid maʼruzalar, yoshlarning bu boradagi taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar guruhlarga boʻlingan holda frilanserlik orqali yoshlar bandligini taʼminlash, “IT-PARK”lar faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, axborot texnologiyalari sohasidagi qonunchilikni yana-da takomillashtirish, raqamli taʼlim istiqbollari kabi yoʻnalishlarda muhokamalar olib bordi. Bildirilgan takliflar asosida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

photo_2020-10-27_17-16-20.jpg

photo_2020-10-27_17-16-21.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturini amalga oshirishda yoshlarning oʻrni
Жамият
17:14 / 27:10:2020