Toshkent shahrida joylashgan Intercontinental mehmonxonasida "Raqamli ma’lumotlar va taraqqiyot: ochiq va hisobdor iqtisodiy rivojlanish siyosati uchun ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyatining raqamli ko‘nikmalari" mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan tadbirning asosiy maqsadi: aholiga iqtisodiy islohotlar va tarmoq siyosatini birgalikda tushuntirish maqsadida davlat hokimiyati organlari bilan muloqot va hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Tadbir davomida bir qancha vazifalar belgilab olindi.  

Masalan, davlat iqtisodiy siyosati bo‘yicha ochiqlik va axborotga erkin kirish masalalarida davlat boshqaruvi organlari, OAV va fuqarolik jamiyati o‘rtasida konstruktiv muloqotni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi choralarni aniqlash. Shuningdek, fuqarolarni iqtisodiy islohotlar va tarmoq siyosati to‘g‘risida xabardor qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari va vositalarini belgilash masalalari belgilab olindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot ofisi, Taraqqiyot siyosati instituti vakillari, xalqaro ekspertlar, OAV, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Fd-OKwWFROA?si=CN4PjY5kXsZQFOXb" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli ma’lumotlar va taraqqiyot (+video)