Raqamli könikma: yoşlar kelajak kasblariga qanday tayyorlanmoqda?
Raqamli texnologiyalar taraqqiyoti bugun davlatlar rivoji va jamiyat farovonligini taʼminlaşda muhim omilga aylanmoqda. Şu bois yurtimizda yoşlarning raqamli könikmalarini oşiriş, innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş va istiqbolli startap loyihalarini rağbatlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, 2023-yildan buyon raqamli texnologiyalar yönalişidagi eng yaxşi startap loyihalarini aniqlaş va qöllab-quvvatlaş maqsadida “President Tech Award” tanlovi ötkazib kelinmoqda. Unda sunʼiy intellekt, ijtimoiy texnologiyalar, MicroSaaS va AdTech, moliyaviy texnologiyalar va tadbirkorlik, öyin dasturlari, şuningdek, maxsus xakaton yönalişlari böyiça istiqbolli loyihalar saralanadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida yoşlar salohiyatini töliq röyobga çiqarişda startaplar, vençur moliyalaştiriş va sunʼiy intellektni rivojlantiriş ustuvor yönalişlardan biri bölişini taʼkidladi.
Xöş, startap loyihalarining muvaffaqiyatli rivojlanişi uçun qanday omillar muhim? Yoşlar öz ğoyalarini amaliy natijaga aylantiriş uçun nimalarga eʼtibor qaratişi kerak?
“Growz” startapi operatsion direktori va hammuassisi Laziz Исканdaровнинг fikriça, bu jarayonda mentorlik, amaliy tajriba va axborot texnologiyalarini boşqa sohalar bilan uyğunlaştiriş muhim ahamiyatga ega.
– Startapning muhim tarkibiy qismlaridan biri – mentor. Bölim rahbari yoki tajribali dasturçi ham mentorlik qilişi mumkin. Bunda faqat nazariy bilim beriş emas, balki amaliy tajriba bilan örtoqlaşiş, real loyihalar ustida birgalikda işlaş muhim. Bu örganiş va rivojlaniş jarayonini tezlaştiradi.
Şaxsiy tajribamdan kelib çiqib, sohada uçta muhim jihatni alohida taʼkidlagan bölardim. Birinçisi, amaliyot. Startap jamoalari real loyihalar bilan işlaşi, aniq maqsad va vazifalar asosida tajriba orttirişi kerak.
Ikkinçisi, IT yönalişini boşqa sohalar bilan uyğunlaştiriş. Masalan, bizning loyihamizda axborot texnologiyalari qişloq xöjaligi bilan integratsiya qilingan.
Fermer va dehqonlarda agronomiyaga oid bilimlar yetarli bölmagani sababli ayrim hollarda hosilning 30–40 foizgaça qismi yöqotilişi mumkin. Şu muammoni hal qiliş maqsadida “Growz” ilovasini işlab çiqdik. U orqali fermer va dehqonlarga mobil telefonlari vositasida sohaga oid bilimlar, zarur tavsiyalar va maʼlumotlar taqdim etilmoqda.
– IT Park bilan hamkorlik startapingizning rivojlanişi va xalqaro bozorga çiqişida qanday ahamiyat kasb etmoqda?
– IT Park loyihamizni rivojlantiriş va xalqaro bozorga olib çiqişda katta kömak bermoqda. Joriy yilda Buyuk Britaniya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Qatar, Qozoğiston va Qirğiziston bozorlariga çiqdik. U yerlarda investorlar va hamkorlarga taqdimotlar ötkazib, startapimizni taniştirdik. Ayrim hududlarda faoliyatimizni yölga qöyişni ham boşladik.
Ayniqsa, investorlar va hamkorlar bilan uçraşuvlarni taşkil etişda IT Park kömagi katta böldi. Loyihamizni Jahon banki ham qöllab-quvvatlamoqda. Ayni paytda bir neçta investitsiya fondlari bilan hamkorlikda iş olib boryapmiz.
Startap faoliyatidagi murakkab jarayonlardan biri – raqamlar bilan işlaş. Çunki har bir körsatkiçni aniq dalillar bilan asoslaş talab etiladi. Ayniqsa, bozor hajmi, foydalanuvçilar soni va biznes-model samaradorligini raqamlar orqali isbotlaş muhim.
Hozirgi kunda jamoamizni kengaytiriş maqsadida yangi dasturçilar, şuningdek, sunʼiy intellekt muhandislarini izlayapmiz. Çunki startapimizning xalqaro miqyosdagi faoliyatini kengaytiriş va yangi bozorlarda öz örnimizni mustahkamlaş jarayonini boşlayapmiz.
Videosi quyida:
Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqubjon MELIBOYEV (video),
ÖzA