Ilmsiz, ma’rifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish mushkul. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarida “Bilimsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni och kishi nima qilsin?!”, deb ilm-ma’rifatning o‘rni naqadar dolzarb va muhimligini ko‘rsatib o‘tgan.

Mamlakatimizda ilm-ma’rifatga alohida urg‘u berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yilishi bugungi kun zaruratidir. Zero, eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir.

Raqamli iqtisodiyot o‘zi nima? Unga iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash asnosida amalga oshirishning yaxlit bir tizimi sifatida qaraladi. Bunda raqamli iqtisodiyot yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish demakdir.

So‘nggi yillarda iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar imzolandi.  

Raqamli iqtisodiyotni keng joriy etish va uni qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizning istiqboldagi taraqqiyot rejasidan muhim o‘rin egallaganligi tufayli iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar belgilandi va mazkur vazifalar ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda yangi elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilib, elektron to‘lovlar rivojlantirilmoqda. Elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilib, elektron infratuzilma va tijorat shakllantirilmoqda, iqtisodiyotning barcha jabhalarida raqamli transformatsiyaga o‘tilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Raqamli transformatsiya realizatsiyasi bo‘yicha so‘ngi yillarda amalga oshirilgan ishlar qatorida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi versiyasi, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish virtual qabulxonasi “business.gov.uz” portali ishga tushirildi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha eng istiqbolli va strategik muhim loyihalar, shuningdek blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan “Raqamli ishonch” jamg‘armasi tashkil etildi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishish uchun, shu jumladan, bir vaqtning o‘zida keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini o‘tkazish va tezkor jo‘natish uchun vaqt va mehnat resurslarini sezilarli darajada tejash maqsadida yagona elektron tizimi “project.gov.uz” joriy etildi.

Raqamli iqtisodiyot texnologik va biznes jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning savdosini raqamlashtirish uchun mamlakatimizda zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan “IT-park”lar tashkil etildi. Kripto-aktiv va blokcheyn texnologiyalar sohasidagi kompaniyalarning erkin faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mamlakatimizda zamonaviy dasturlash texnologiyalarini o‘zlashtirgan kadrlarni tayyorlash maqsadida “Bir million dasturchi” loyihasi ishlab chiqilib, loyiha doirasidagi mashg‘ulotlarni tashkil etish uchun uzbekcoders.uz o‘quv portali ishga tushirildi.  

O‘tgan 2020 yil mamlakatimizda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi va bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilib, Prezident farmoni bilan mamlakatning “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.  

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda, avvalo, telekommunikatsiya va elektron infratuzilmani takomillashtirish alohida ahamiyatga ega.

Albatta, aholini internet tarmog‘idan foydalanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa raqamli iqtisodiyot, shu jumladan, elektron hukumat tizimi ham shuncha samarali faoliyat yuritadi. Yurtimiz bo‘yicha internet foydalanuvchilari soni jami aholiga nisbatan 2018 yilda 46 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 60 foizdan yuqorini tashkil etmoqda.

Reallik bilan bog‘laganda raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YAIM hajmi ham, YAIMning aholi son boshiga ulushi ham yuqoriligini ko‘rish mumkin. Shu jihatdan olib qaraganda, mamlakatimizda mazkur masalaga e’tibor qaratish yagona maqsadni ko‘zlaydi, u ham bo‘lsa, aholining yashash sharoitini yaxshilash, aholining real daromadini oshirish, qolaversa tadbirkorlikni va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishdir.

Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, korrupsiya balosini yo‘qotishda ham samarali vosita hisoblanadi.

Bu raqamlashtirish nafaqat iqtisodiyot tarmoqlarida tejamkorlik va samaradorlikni ta’minlashi, balki korrupsiya va qora iqtisodiyotga qarshi kurashish uchun samarali vosita sifatida qayd etilishi bilan ahamiyatlidir.

Xulosa o‘rnida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari to‘liq amal qiladigan demokratik davlat qurishga va mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatiga keng qulaylik yaratish va uni yuritishni soddalashtirish, yangi innovatsion g‘oyalar realizatsiyasiga xizmat qiluvchi asosiy vositalardan biri ekanligi bilan alohida ahamiyatga egadir.

Begzod Mirzayev,  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik 

sub’etlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining yetakchi inspektori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish davr talabi