Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori o‘rinbosari Bunyod Rahmatullayev BMTning Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP)ning Tailand poytaxti Bangkokda bo‘lib o‘tgan seminarida qatnashdi.

Ushbu mintaqaviy seminar “Raqamli barqaror rivojlanish maqsadlari: Raqamli inklyuziya va jamiyatni rivojlantirish” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni ESCAP’ning AKT va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha direktori Tiziana Bonapacye ochib berdi. U nutqi davomida jamiyatning barcha qatlamlarida rivojlanishni birdek olib borishda raqamli innovatsiyalar va texnologiyalarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida Osiyo va Tinch okeani mintaqasining Koreya kredit kooperativlari federatsiyasi (KFCC), Amazon, Google kabi yetakchi texnologik kompaniya vakillari ishtirok etib, raqamli innovatsiyalar, sun’iy intellekt istiqbollari va raqamli moliyalashtirishni joriy qilishdagi muvaffaqiyatli amaliyot bilan bo‘lishdi. Shuningdek, aqlli ta’lim, aqlli ishlab chiqarish, aqlli shahar, aqlli energetika va aqlli qishloq xo‘jaligi sohalarida ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganildi.

Ushbu mintaqaviy seminarda B.Rahmatullayev O‘zbekistonda jamiyat rivojiga hissa qo‘shuvchi innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalarni transfer qilish sohasida olib borilayotgan ishlar, mahalliy va xorijiy innovatsion korxonalar, staprtaplar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida nutq so‘zladi.

Seminar doirasida dunyoning bir qator yetakchi kompaniya va tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, Google kompaniyasi vakillari bilan “Google for Education” loyihasi doirasida ta’lim sohasida raqamli innovatsiyalar va sun’iy intellekt dasturlarini joriy qilish borasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, dunyoning TOP-100 oliy o‘quv yurtlari qatoriga kiruvchi Londondagi Qirolicha Meri universiteti professori Jaye Hvan Park bilan uchrashuv o‘tkazilib, Koreya, Qozog‘iston va O‘zbekistonda innovatsiyalar va texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari Koreya kredit kooperativlari federatsiyasi bilan bo‘lib

 o‘tgan uchrashuv davomida barqaror rivojlanishga qaratilgan innovatsiyalarni joriy qilishdagi muvaffaqiyatli moliyaviy yechimlar haqida so‘z bordi va bu borada ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Koreyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri Kvanju fan va texnologiya instituti vakillari bilan bo‘lgan uchrashuv davomida esa sun’iy intellekt sohasida startaplar uchun qo‘shma akseleratsiya dasturlarini tashkillashtirish, hamkorlikda sun’iy intellekt dasturlarini ta’lim tizimiga joriy qilish bo‘yicha Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ga qo‘shma loyihani topshirish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Shuningdek, Tailandning yetakchi akseleratsiya kompaniyasi "HUBBA Accelerator" asoschisi Charle Charoenphan bilan ham uchrashuv tashkil qilindi.

Unda Tailandda startap ekotizimini rivojlantirish tajribasi, xususan akseleratsiya dasturlarini tashkillashtirish masalalari va energetika, biotexnologiya va elektrotexnika sohalarida amalga oshirilgan loyihalar bilan yaqindan tanishildi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamli innovatsiyalar va sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi