Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab «Raqamli avlod respublika inklyuziv IT oromgohi» o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbir «Digital Generation Uzbekistan» nodavlat notijorat tashkiloti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, «Zamin» xalqaro jamoat fondi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida tashkil etildi.  

Oromgohga respublika bo‘ylab eshitish imkoniyati zaif bolalar, maxsus maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari, shuningdek, umumta’lim maktablaridan 160 nafar iqtidorli yoshlar saralab olingan.  

Ishtirokchilar robototexnika, «No Coding» – kodlarsiz dastur yaratish, 3D modellashtirish va«Digital Art» kabi zamonaviy yo‘nalishlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lmoqda.  

Bu yo‘nalishlardagi darslar sohaning eng malakali mutaxassislari tomonidan olib borilayotgani yoshlarning qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.  

Shuningdek, oromgohning onlayn shakli ham tashkil etilib, unda 3000 dan ortiq o‘quvchi yoshlar raqamli texnologiyalarning «DotNet», «No Coding», «Frontend», «Python», «Flutter», «Web Design» kabi yo‘nalishlarida bilim olmoqda. Ushbu format yoshlarning qaysi hududda ekanligidan qat’i nazar, ularning axborot texnologiyalari sohasidagi qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon yaratmoqda.  

– Mashg‘ulotlar jahon axborot texnologiyalarida kechayotgan so‘nggi yangiliklarni inobatga olgan holda olib borilmoqda, – dedi «Digital Generation Uzbekistan» nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Azamat Jalolov. – Masalan, 3D modellashtirish yo‘nalishida inson a’zolarining implantlarini yaratish, veb-sahifalarni yaratishda esa mobilografiya vositasida eng so‘nggi axborotlarni tezkor uzatish, raqamli tasviriy san’at yo‘nalishida «Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi» mavzusi yoshlar nigohida ochib beriladi.  

Isroil Maqsudov poytaxtimizdagi 102-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tahsil oladi. Surdopedagog vositasida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida angladikki, oromgohning barcha ishtirokchilari kabi Isroil uchun ham zamonaviy raqamli texnologiyalarga oid mashg‘ulotlar g‘oyat foydali bo‘lib, 3D formatda modellashtirish bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda.  

– Men "No coding" yo‘nalishida mashg‘ulotlarda ishtirok etyapman, – dedi Toshkentdagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Muslima A’zamxo‘jayeva. – Ushbu tizimdagi ma’lumotlarni to‘liq o‘zlashtirish orqali ikki soatda sayt yaratish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldim.  

Oromgoh mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilar nazariy bilimlar bilan birga amaliy tajribalarni ham egallamoqda. Ayni paytda qatnashchilar darslarda olgan bilimlarini bevosita loyihalar yaratish jarayonida qo‘llab, jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda. Bu esa o‘quvchi-yoshlarning kelajakdagi IT mutaxassisliklariga qiziqishini oshirish va raqamli dunyoga ishonch bilan qadam qo‘yishlariga ko‘mak beradi.  

«Raqamli avlod respublika inklyuziv IT oromgohi»ning yakunida o‘quvchilar tomonidan taqdim etilgan loyihalar hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi va eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar taqdirlanadi. Bu nafaqat ular uchun katta rag‘bat, balki kelajakda o‘z sohalarida muvaffaqiyatli mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun mustahkam poydevor hamdir.  

Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Raqamli avlod respublika inklyuziv IT oromgohi» bo‘lib o‘tmoqda