Bugungi kunda yoshlar, ayniqsa, o‘quvchi-qizlarning raqamli texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi va intilishini kuchaytirish, uni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasasi  bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan  “Raqamli avlod qizlari-2025” ma’rifiy loyihasi buning isbotidir.  

Mazkur tadbir Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi  “Renessans” bolalar oromgohida bo‘lib o‘tmoqda.  

“Raqamli avlod qizlari” loyihasi qizlarning axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini yanada oshirish, ularni kasbga yo‘naltirish, ilg‘or g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashdek maqsadlar ko‘zlangani bilan ahamiyatli. Ma’rifiy loyiha davomida  mahoratli mentorlar ishtirokida ta’lim, sun’iy intellekt, yashil iqtisodiyot va iqlim o‘zgarishi kabi yo‘nalishlarda darslar o‘tkazilmoqda. Dars jarayonlarida chet el universitetlari mohir pedagoglarining ishtirok etayotgani ham e’tiborlidir.  

Musobaqalar tarzida tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda  ishtirokchi qizlar o‘z startap loyihalarini ishlab chiqib, taqdimotini o‘tkazadi.  

“Raqamli avlod qizlari” ma’rifiy loyihasi 2021 yildan buyon har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Bugungi kungacha unda 7 ming nafardan oriq qizlar muvaffaqiyatli qatnashgan.  

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar hamda xorijga ta’lim sayohati uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.  

                                                           N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Raqamli avlod qizlari-2025” ma’rifiy loyihasi o‘tkazilmoqda