Mamlakatimizda o‘quvchi-qizlarni zamonaviy axborot texnologiyalariga jalb etish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat ta’lim maskani bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Raqamli avlod qizlari-2025” loyihasi ko‘pchilik qizlarda, ularning ota-onalarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Mazkur loyiha haqida kuzatuvchilardan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Xususan, “Raqamli avlod qizlari-2025” da Start-up loyihalar qaysi yo‘nalishlarda qabul qilinadi?

Aytish kerakki, mazkur loyihada ishtirokchilar tomonidan 4 ta yo‘nalishdagi Start-uplar taqdim qilinadi. Bular ta’lim, sun’iy intellekt, yashil iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi kabi yo‘nalishlardir.

“Raqamli avlod qizlari-2025” loyihasida ishtirok etish uchun yosh chegarasi 30 yoshgacha deb belgilangan.

Loyihada ishtirok etish uchun bir jamoa tarkibida faqat 2 ta ishtirokchi qatnashishi mumkin. Shuningdek, loyihada yakka tartibda ishtirok etishga ham ruxsat berilgan.

Aytish kerakki, loyihaning bu yilgi mavsumi 24-29 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Raqamli avlod qizlari-2025” loyihasi o‘quvchi-qizlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda