O‘zbekistonda aholi soni 38 million kishiga yaqinlashmoqda. Yangi istiqomat punktlari paydo bo‘lishi, yashash hududlari kengayishi, o‘z navbatida, ekologik muammolarni yanada samarali hal etish, ayniqsa, chiqindilarni tashish tizimini takomillashtirishni taqozo qilmoqda.

Yashash hududlaridagi chiqindilarni tashish tegishli tashkilotlar tomonidan maxsus jadval asosida amalga oshiriladi. Biroq bu grafik tizimi samaradorlik jihatidan kamchiliklardan holi emas. Masalan, chiqindi idishlari hali to‘lmagan bo‘lsa ham, maxsus avtotransport vositalari ortiqcha vaqt, yoqilg‘i, ishchi kuchi sarflab rejadagi manzillarga borishga majbur. Yoki aksincha, chiqindi qutilari to‘lganiga ancha vaqt bo‘lgan bo‘lsa ham, tashish xizmati grafikda qayd etilmagani tufayli kechikadi. Bu esa chiqindilarning atmosferani bir necha kun davomida ifloslantirishiga, turli hasharotlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. 

Namangan davlat universiteti “Innovatsion klub” rahbari Ulug‘bek Turdaliyev rahbarligida klub a’zosi, fizika yo‘nalishi talabasi Sevinch Tursunaliyeva tomonidan “2025 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturi ijrosiga hamohang ishlab chiqilgan maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish tizimini raqamlashtirish loyihasi ayni shu muammoni hal qilishga qaratilgan. 

Loyiha lazer detektorlar orqali chiqindi idishlarining to‘lish darajasini aniqlash va bu haqda markaziy serverga ma’lumot jo‘natishni ko‘zda tutadi. Ushbu qurilma chiqindi tashish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarga chiqindilarni samarali boshqarish imkonini beradi. 

– Loyihamizning ko‘pgina afzallik tomonlari bor. Masalan, masofa datchigi chiqindi idishini doimiy kuzatib boradi va u to‘lganda, markaziy serverga “Chiqindi qutisi to‘lgan!”, degan xabarni yuboradi, – deydi Sevinch Tursunaliyeva. – Agar idish to‘lmagan bo‘lsa va boshqa muammo yuzaga kelgan bo‘lsa, maxsus tugma orqali “Chiqindi qutisi to‘lgan yoki boshqa muammo bo‘lishi mumkin!”, – degan ma’lumot serverga uzatiladi. Darvoqe, bu jarayonda “GSM” modul yordamida chiqindi idishining joylashuvi ham markaziy serverga yetkaziladi, natijada avtotransport vositalari to‘plangan chiqindilarni qisqa vaqt ichida tashib ketishi mumkin bo‘ladi. 

Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida nafaqat resurslardan samarali foydalaniladi, balki aholi zich joylashgan hududlarda chiqindilar uzoq vaqt to‘planib qolishi, natijada atmosfera havosining ifloslanishi, noxush hidlar tarqalishi va turli bakteriyalar tarqalishi, shuningdek, fuqarolar noroziligining oldi olinadi. 

Yaratgan loyihani hozircha Namangan shahri miqyosida amalga tatbiq etish rejalashtirilgan. Kelgusida loyiha yanada takomillashtiriladi va boshqa hududlarda ham foydalanish imkoni yaratiladi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Raqamlashtirishga oid innovatsiya yaratildi