Andijondagi “Universal” sport majmuasida "aql gimnastikasi" bo‘yicha 7-17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida rapid yo‘nalishi bo‘yicha bahslar o‘tkazildi.
Musobaqaning 7 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar bahsida Ibrohim Farhodov va Mohinur A’zamxo‘jayeva g‘olib bo‘ldi. 9 yoshli o‘g‘il va qizlar orasida esa Nurmuhammad Ne’matillaxonov, Farzonabonu Bozorova tengsiz bo‘ldi. Rapid yo‘nalishining 11 yosh toifasida Hasan Akramov hamda Malika Norqulova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, 13, 15, 17 yosh toifalarida Shahzod Islomov, Akbar Yaqubboyev, Asrorjon Omonov, Sarvinoz Begmuratova, Nilufar Imomqo‘ziyeva, Shohina Ahmedova mamlakat chempioniga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA