FOTOREPORTAJ
Dunyodagi eng katta kino shahar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan «Ramoji film city» Hindistonning Telangana shtati Haydarobod shahrida joylashgan.
1996 yilda mamlakatning yirik biznesmeni, media magnati Ramodji Rao tomonidan asos solingan 800 gektarlik shahar turizm maskani hamdir. Maftunkor bog‘lar, tabiat go‘zalligi bilan uyg‘un bunyodkorliklarni ko‘rgani bu yerga bir yilda ikki millionga yaqin sayyoh keladi.
Kino shahrida 500 ta tasvirga olish maydonchasi, 50 ta pavilon, tabiiy va xay-tek tasvir maydon-laboratoriyalari mavjud. Ulkan kino shahar infrastrukturasidan maxsus buyurtma berib yaratilgan maketlar, tayyor dekoratsiyalar, butun boshli qishlog‘u shahar, hatto aeroport va shifoxonaning aniq nusxalari, sun’iy sharsharalar, ibodatxonalar, cherkov va masjid, saroy va majmualar bor. Bundan tashqari turistlar uchun mehmonxonalar, restoranlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari ham barpo etilgan.
[gallery-21084]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA