Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov,  madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etdi.  

 Yig‘ilishda  bugungi kunda davlatimiz tomonidan san’at va madaniyat rivojiga ulkan e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.  

 Ushbu e’tibor va g‘amxo‘rlik o‘zbek opera san’atining jahon miqyosida tobora kengroq e’tirof etilishida muhim omil bo‘lmoqda. Yig‘ilishda  sohadagi ijobiy o‘zgarishlar xususida to‘xtalib, mazkur teatr ijodkorlarining yutuqlari e’tirof etildi.  

 Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilib, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga direktor etib tayinlandi.  

 Shu kunga qadar mazkur lavozimda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelgan  Mahmud Murodov jamoa ishtirokida ehtirom ila kuzatildi.  

N.Usmonova,  O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ramiz Usmonov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga rahbar bo‘ldi