14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Ramiz Asker – milliy adabiyotimizning nainki turkiy dunyoda, balki butun jahondagi faol, zahmatkash, beminnat targ‘ibotchisi. Ozarbayjonlik fidoyi olim, navoiyshunos, filologiya fanlari doktori Ramiz muallimni dunyo adabiy jamoatchiligi mohir publitsist, tarjimon, mumtoz adabiyotga mehri baland inson sifatida qardlaydi.  

Boku davlat universiteti professori, Ramiz Asker mamlakatimizdagi xalqaro adabiy simpoziumlar, forumlar, anjumanlarning faol ishtirokchisi. Yuzga yaqin kitob, bir yarim mingdan ortiq adabiy-ilmiy maqola muallifi. Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. Turkiy adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Ramiz muallim Ozarbayjonning “Shuhrat”, “Vatan oldidagi xizmatlari uchun”, O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordenlari, turkiy davlatlarning 22 ta mukofoti  bilan taqdirlangan.  

Ramiz Askerning Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari ozarbayjon tiliga tarjimasiga oid fikrlari bilan qiziqdik.  

–  Jahon adabiyotida Zahiriddin Muhammad Boburning o‘z o‘rni, ahamiyati bor, – dedi ozarbayjonlik olim va tarjimon Ramiz Asker. –  Ma’lumki, Boburning mashhur “Boburnoma” asari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. Bu benazir asar ayrim tillarga bir necha marta tarjima qilingan. Ushbu tarjimalarga ehtiyoj shundaki, madaniy-ma’rifiy, badiiy  nuqtai nazardan ularning har biri o‘ziga xosdir. Bunda tarixiy vaqt alohida rol o‘ynaydi. Agar birinchi tarjimadan keyin uzoq vaqt o‘tgan bo‘lsa, til lug‘ati va o‘quvchilarning didida ma’lum o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lsa, unda ikkinchi tarjima yuzaga keladi. Ba’zan ikkinchi tarjimaning paydo bo‘lishi tarjimonning asarga va uning muallifiga bo‘lgan muhabbatiga bog‘liq. Bu bizning Ozarbayjonda sodir bo‘ldi.  

O‘sha paytda Boku davlat universitetining turkiy xalqlar adabiyoti kafedrasi mudiri sifatida hamisha turkiy dunyoning Mahmud Qoshg‘ariy,  Yusuf  Xos Hojib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Sulton Husayn Boyqaro, Andalib, Ozodiy, Maxtumquli, Mulla Nafas, Abdulla To‘qay, To‘xtagul va boshqa eng taniqli shoirlari va yozuvchilarining  asarlari bilan bog‘liq ba’zi dolzarb masalalarni hal qilish yo‘llari haqida o‘ylardim. O‘z davrida sho‘rolar  adabiyotshunosligi va sotsialistik realizm usuli nuqtai nazaridan yondashilgani sababli darsliklar allaqachon eskirgan va talablarga javob bermay qolgan edi. Shoirlarning asarlari hech bo‘lmaganda original tilda kutubxonalarda yo‘q edi. Shuningdek, ularning tarjimalari ham yo‘q edi.  

90-yillardan boshlab, ya’ni Ozarbayjon davlat mustaqilligining deyarli birinchi kunlaridan  eng kerakli kitoblarni ona tilimizga tarjima qilish bilan shug‘ullana boshladim.  

Buyuk Boburning ijodi meni o‘ziga maftun etdi. Gap shundaki, Alisher Navoiy asarlaridan farqli o‘laroq, Zahiriddin Muhammad Boburning  biror asari ilgari bizning tilimizga tarjima qilinmagan edi. Avvalo, uning tanlangan asarlarini tarjima qilishga qaror qildim va kitobni shunday nomladim: «Seçilmiş əsərləri» (Boku, 2011, 328 bet). Ozarbayjon tiliga o‘girib, chop etgan kitobimda  shoirning “Kobul devoni”  va “Hind devoni”, ya’ni g‘azallar, masnaviy, ruboiy, tuyuqlari, qit’a va baytlari, Boburning bir necha risolalari o‘rin olgan.    

Shoirning hayoti, ijodi va shaxsiyati tahlil qilingan kitobga 20 betlik batafsil muqaddima yozdim. Nashr yakunida murakkab so‘zlarning katta lug‘ati keltirilgan.  

Ozarbayjon ilmiy va adabiy jamoatchiligi Boburning birinchi kitobini katta mamnuniyat bilan kutib oldi. Bu meni yana bir muhim kitob – “Boburnoma” asarining tarjimasiga ilhomlantirdi. Ish boshlashdan oldin qo‘limda “Boburnoma”ning o‘zbek, turk, rus va nemis tillaridagi tarjimalari bor edi. 2011 yilda “Boburnoma” mening tajrimam asosida  ikki marta nashr etildi.  

Oradan taxminan olti oy o‘tgach, “Boburnoma”ning professor Bayat Fuzuliy tomonidan yaratilgan yangi tarjimasi nashr etildi. Bu buyuk so‘z ustasi – Zahiriddin Muhammad Bobur  zakosiga bo‘lgan cheksiz muhabbat va ehtiromning amaldagi namunasi edi.  

Tarjimamni ikki nusxada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga yubordim. Keyinchalik ayon bo‘ldiki, bu nashrning qo‘shimcha nusxasini Andijondagi Bobur xalqaro jamoat fondiga taqdim etibdi. Andijonda Prezident maslahatchisi, taniqli boburshunos adib Xayriddin Sultonov ishtirokida ozar tilidagi mazkur nashrning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bir muncha vaqt o‘tgach, men Andijonga Bobur xalqaro mukofoti laureati sifatida taklif etildim va ushbu mukofot bilan taqdirlandim.  

Buyuk Bobur haqida bir qancha maqolalar yozdim. Masalan, Izmirda “Ege Güneşi” jurnalida Boburning hayoti va ijodi haqida turk tilida maqola chop etdim. Jumladan, Andijon va Kojaeli (Turkiya)da Bobur va “Boburnoma”ga bag‘ishlangan xalqaro simpoziumlarda ishtirok etib, yorqin shoir va ulug‘ hukmdor Bobur haqida ma’ruzalar o‘qidim. Shuningdek, “Turkiy adabiyot tarixiga oid ocherklar” kitobimda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga alohida bob bag‘ishlangan. Buyuk Bobur ijodini o‘rganishda, o‘rgatishda va targ‘ib qilishda davom etaveraman. Chunki ul zotga bo‘lgan ehtiromim, hurmatim va muhabbatim cheksizdir.  

Bobur – o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasining asoschisi, temuriy shoh bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Boburning 540 yilligi o‘tgan yili O‘zbekistonda keng nishonlandi. Shoir hayoti, asarlari, faoliyatiga bo‘lgan e’tibor ortdi. Uning ijodi g‘oyat serqirra, betakror va shu sababli ham shoir merosi dunyo olimlari e’tiborida bo‘lib kelmoqda.    

Aytish kerakki, Ozarbayjonda buyuk o‘zbek shoirlari Alisher Navoiy va Bobur ijodiga qiziqish katta. Alloma shoirlar ijodiga bag‘ishlab shu yilning 15 fevral kuni Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasida bo‘lib o‘tadigan anjuman fikrimning yorqin dalilidir.  

O‘zA muxbiri

Nazokat Usmonova yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ramiz Asker: “Boburga bo‘lgan ehtiromim cheksiz”