Ramazon oyida ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Ramazon oyi munosabati bilan mamlakatimizda ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari amalga oshirilmoqda. Tegishli tartibga muvofiq, muhtoj fuqarolarga 1 million 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratilmoqda.
Surxondaryo viloyatida ham mazkur tadbir doirasida 70 mingga yaqin oilaga moddiy ko‘mak yetkazilishi rejalashtirilgan. Joylarda yordamni manzilli va shaffof tarzda taqdim etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
[gallery-27832]
Mazkur ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘zaro mehr-muruvvat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan (surat),O‘zA