Ramazon poklik, sabr-qanot, mehr-muruvvat, saxovat, shukrona oyi. Ana shu oyning saodati sabab Sirdaryoda "Inson qadri uchun" ezgu g‘oyasi asosida xayr saxovat tadbirlari o‘tkazilib, yakka yolg‘iz, o‘zgalar parvarishiga muhtoj kishilar holidan xabar olindi.

Prezidentimizning "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida" gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi hisobidan Sirdaryo viloyatidagi 239 ta mahallada iftorlik dasturxoni yozildi.  

– Unga Sirdaryo viloyatida istiqomat qilayotgan va "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" ga kiritilgan ehtiyojmand aholi vakillaridan 9058 nafari, nogironligi bor fuqarolardan 2623 nafari, nuroniy va faxriylardan 4778 nafari, yoshlardan 1765 nafari taklif etildi, – deydi "Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati boshqaruvi raisi Bahodir To‘xtasinov.  

Eng muhimi, iftorlik avvali va so‘ngida ulug‘ oyda yon-atrofdagilarga mehr-saxovat ko‘rsatish, yaqinlar holidan xabar olish katta savob ekani ta’kidlandi. Iftorlikda ishtirok etgan ro‘zador nuroniylar yurtga tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga rivoj tilab duo qilishdi.  

Sh. Suyarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ramazon oyi barakali bo‘ldi