Ayni kunlarda muborak oylardan biri mohi Ramazon mehmon bo‘lib turibdi.

Bu oyda barcha insonlar bir-biriga yaxshiliklar ilinadi, gina-arazlar unutiladi. Bu oyni kattalar bilan bir qatorda bolajonlar ham intiq bo‘lib kutishadi. Chunki ularning sevimli “Yo ramazon” qo‘shig‘ini aytish imkoni tug‘iladi. 

Xalq og‘zaki ijodi turkumiga kiruvchi bu qo‘shiq qanday paydo bo‘lgan? Ramazon oyida badiiy asarlarda qanday tasvirlanadi? Shu kabi savollarga javob topish maqsadida folklorshunos olima, filologiya fanlari nomzodi Latifa Xudayqulova bilan suhbatlashdik.

– Dastlab, Ramazon oyining etimalogiyasiga to‘xtalib o‘tsangiz?

Xalqimizning qadimiy an’analariga ko‘ra, har yili Ramazon oyida o‘ttiz kun mobaynida yaxshi niyat bilan ro‘za tutiladi. Bizga ma’lumki, ro‘za islom olamida “arkon ad-din”, ya’ni “din asoslari nomi bilan mashhur bo‘lgan besh talabdan biri bo‘lib, odamlarni savob orttirishga, jismoniy va ruhiy poklanishga, gunohlardan forig‘ bo‘lishga, ezgu ishlar bilan shug‘ullanishga, saxovatli, mehr-muruvvatli bo‘lishga chaqirga.

Manbalarda aytilishicha, lug‘atlarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda Ramazon “ramz” so‘zidan olingan “qizimoq”, “qizib cho‘g‘ bo‘lmoq”, “kuydirmoq” ma’nolarini anglatib, “ramazon” so‘zi hijriy taqvimining 9-oyi bo‘lmish Ramazon oyi ilk bor shiddatli, jazirama issiq kunlarga, kuydiradigan haroratli kunlarga to‘g‘ri kelgani uchun ham “Ramazon” deb atalgani ma’lum bo‘ladi.  Xalq qarashlariga ko‘ra, Ramazon oyida jazirama issiqda qolgan qo‘ylar kuyib, qorayib, o‘lib qolar ekan. Shuning uchun mazkur oyda ro‘za tutgan odamning gunohi kuyib, yo‘q bo‘ladi, aybu nuqsonlari Ramazonning savoblari jilolanib turgan muborak quyoshida o‘lib ketadi, degan tushunchalar mavjud bo‘lgan.

– Ramazon oyida aytiladigan maxsus qo‘shiqlarning yaratilish tarixi va fanda o‘rganilishi haqida ma’lumot bersangiz?

 O‘zbek folklorshunosligida Ramazon oyi va Ramazon qo‘shiqlari alohida tadqiq etilmagan bo‘lsa-da, qadim ajdodlarimiz ma’naviyatidan joy olgan qadimiy qo‘shiqlarni yozib olish va tahlil qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Mazkur qo‘shiqlar haqida bir qancha manbalarda ma’lumotlar keltirilgan.

Jumladan, 1898 yilda N.P.Ostroumovning risolasida Toshkent va Turkistonning ko‘pgina shaharlarida ro‘za boshlanishi bilanoq mahallada istiqomat qiluvchi bolalar qo‘shnilari, tanish-bilishlari hamda qarindosh-urug‘larining hovlisiga kirib, Ramazon oyi sharafiga aytgan qo‘shiqlari qayd etilgan. 1910 yilda “Turkiston viloyatining gazeti”da jizzaxlik Mirzo Rajab Abdujabbor o‘g‘li tomonidan yozib olingan “Yo ramazon” qo‘shig‘i e’lon qilingan. Xuddi o‘sha yili N.Budzinskiyning “Srednyaya Aziya” jurnalida toshkentlik bolalardan yozib olingan “Yo ramazon” qo‘shig‘i, xassos olima Muzayyana Alaviyaning 1974 yil chop etilgan “O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari” monografiyasidagi “Yo ramazon” qo‘shiqlari, folklorshunoslar H.Razzoqov, T.Mirzayev, O.Sabirov hamda K.Imomovlar tomonidan nashr etilgan “O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi” darsligining “Mavsum-marosim va urf-odat qo‘shiqlari” faslida “Yo ramazon” qo‘shiqlari, Habibulla G‘afurning 1992 yilda chop etilgan “Xalq o‘yinlari, qo‘shiqlar va an’anlariga bir nazar” deb nomlangan majmuasida esa surxondaryolik bolalardan yozib olingan “Rabiman” qo‘shiqlari hamda ko‘plab olimlarning tadqiqotlarida ham ramazon qo‘shiqlari ilmiy tahlilga tortilgan.

Xalqimiz tomonidan har yili bir marta nishonlanadigan uzoq tarixga ega bo‘lgan Ramazon oyi va u bilan bog‘liq qo‘shiqlar milliy urf-odat va an’analarimiz uzvidan joy olgan azaliy qadriyatlarimizdan hisoblanadi.

Bizga ma’lumki, o‘zbek xalq marosim qo‘shiqlarining janrlar tarkibi nihoyatda rang-barang bo‘lib, har bir janrga oid folklor namunalari o‘zining tarixiy asoslari, ijro etilish o‘rni, hayotiy-maishiy yo‘nalganligi va poetik tabiatiga ko‘ra farqlanib turadi. Ana shunday qadimiy folklor asarlaridan biri har yili muborak Ramazon oyida ijro etiladigan “Yo ramazon” qo‘shiqlaridir. “Yo ramazon” qo‘shig‘i taqvimiy marosimlar folkloriga mansub an’anaviy janrlardan biridir.

An’anaga ko‘ra, mazkur qo‘shiq ro‘za oyida – Ramazonning uchinchi kunidan boshlab o‘g‘il bolalar tomonidan iftorlikdan keyin uyma-uy yurib, “Yo ramazon” qo‘shiqlari aytilgan. Qadimda bu odat darveshlar orasida ham mashhur bo‘lganligi qayd qilinadi. Mazkur qo‘shiq xalq orasida keng tarqalgan bo‘lib, “yo ramazon”, “rabiman”, “rabigon”, “rayvon”, “ramazon”, “rabibon”, “o‘rebezon” kabi turlicha nomlar bilan atalgan.

Ro‘zani uch tutib keldik sizga,

Ro‘zaning zakotini bering bizga.

Ramazon aytgan bilan to‘yamizmi,

Burungining qa’dasini qo‘yamizmi?

Manbalarda keltirilishicha, ramazon oyini, aksariyat, sayyoramizning musurmon davlatlarida istiqomat qilayotgan ikki milliardga yaqin musulmonlar orasida oldindan ruhan tayyorgarlik ko‘rib, o‘zgacha kayfiyat ila qarshi oladigan bayramidir. 

Yo ramazon” qo‘shiqlari matni hududlarga qarab o‘zgarib boradimi? Aytish usulichi?

Ramazon qo‘shiqlari o‘ziga xos lokal xususiyatlarga ega bo‘lib, mamlakatimizning barcha hududlarida bolalar tomonidan musiqa jo‘rligisiz o‘ziga xos ohangda aytiladi. Xalqimiz orasida ro‘za kunlari qo‘shiq aytuvchilarni ramazonchilar yoki rayvonchilar deb yuritishgan. Mazkur qo‘shiqlarda xududlarga xos bo‘lgan lokal xususiyatlarni kuzatishimiz mumkin. Masalan, Jizzax viloyatining Forish tumanida kuylanadigan “Yo ramazon” qo‘shig‘ining olqish qismi “buchul” deb yuritilgan. Ramazon qo‘shig‘ida uy egalarining serhimmatligi, qo‘li ochiqligi, muruvvatparvarligi kabi ijobiy xislatlari kuylansa, qo‘shiqning yana boshqa bir variantida mobodo uy egasi zakot olib chiqmasa, bolalar hazil mazmunidagi misralarni aytib keyingi hovliga ketishadi:

Ramazon ayta-ayta bo‘g‘zim qotdi,

Eshigingda tura-tura tonglar otdi.

Ko‘changizda ko‘k uloq aqvaqlaydi,

Sovuqdan tanglayginam taqtaqlaydi...

Aytish mumkinki, ramazonchi bolalar “Yo ramazon” qo‘shiqlarini hududlarga xos tarzda kuylaydilar va holatga qarab improvizatsiya qilishga ham qodirlar. Bir so‘z bilan aytganda, ramazon qo‘shiqlari insonlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, mehr-oqibatli bo‘lishga, muruvvatli hamda birdamlikka chaqirishga xizmat qiladi, desak xato bo‘lmaydi. 

Fayzullo Yahyoyev , O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ramazon aytib keldik eshigingizga...” – bolalarning sevimli “Yo ramazon” qo‘shiqlari haqida nimalarni bilamiz?