“Rahbar va yoşlar” uçraşuvi
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi Şuhrat Oripovning Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti talabalari bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Payşanba “Yoşlar kuni” kuni munosabati bilan taşkil etilgan uçraşuvda taʼkidlanganidek, mamlakatimizda iqtidorli yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qiliş, iqtidorli yoşlarning bilim, könikma va malakasini oşiriş, innovatsion ğoyalarini amaliyotga tatbiq etiş hamda hayotda öz örnini topişiga kömaklaşişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz taşabbusi bilan haftaning har payşanba kuni “Yoşlar kuni” etib belgilanişi mamlakatimizda yoş avlodga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur taşabbus yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning muammolarini örganiş, bandligini taʼminlaş hamda böş vaqtini mazmunli taşkil etişda muhim omil bölib xizmat qilmoqda.

Tadbirda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi tomonidan har yili ötkazilayotgan tanlovlar haqida maʼlumot berilib, ularda qoraqalpoğistonlik jurnalistlarning faol iştirok etayotgani alohida qayd etildi. Şuningdek, yoş jurnalistlarni qöllab-quvvatlaş, ularning bandligini taʼminlaş va tajribasini orttiriş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar haqida söz yuritildi.
Uçraşuv yakunida talaba yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olişdi. Fakultet jamoasiga Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi tomonidan kitoblar jamlanmasi topşirildi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri