Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida viloyat prokurori Abduqahhor Mullajanov va IIB boshlig‘i Azat Tasbayev ishtirokida “Rahbar va yoshlar” huquqiy-ma’rifiy tadbiri doirasida “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Navoiy davlat universiteti talabalari ham ishtirok etdi. Unda so‘zga chiqqanlar yoshlar orasidagi jinoyatchilik holatlari, kiberjinoyatlar, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, talabalarning yozgi ta’tilni maroqli va mazmunli o‘tkazishlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

[gallery-23674]

Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan memorandum ham imzolandi. 

Unda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, korrupsiya va huquqbuzarliklarga qarshi birgalikda kurashish, huquqiy madaniyat va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, universitetda sport klublarini tashkil etish, yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuv so‘nggida mehmonlar universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdi.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi