O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Guliston davlat pedagogika institutida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda institut rahbariyati tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Sirdaryo viloyat kengashi raisi Rustambek Tursunmuradov, viloyat yoshlar ittifoqi mas’ul xodimlari, yosh pedagoglar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda Rustambek Tursunmuradov Prezidentimizning yoshlar masalalariga doir tashabbuslari, joriy yil 14 fevralda yoshlar bilan uchrashuvda belgilangan ustuvor vazifalar, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. 

Shu bilan birga, uchrashuv ishtirokchilariga kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi, uning bugungi kundagi vazifalari va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni haqida ham atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir davomida yoshlar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarilib, ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yosh avlod bilan shaffof va samarali muloqot o‘rnatishda muhim omil bo‘ldi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokini ta’minlash, ularning huquqiy bilimi va ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida bir qator yosh pedagog o‘qituvchi va talabalar Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari hamda Samarqand viloyatiga ikki kunlik bepul sayohat sertifikatlari bilan taqdirlandi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi