Rahbar va ijodkor yoshlar uchrashuvi (+video)
Jizzaxda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov ishtirokida “Rahbar va ijodkor yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
B.Ahmedov mamlakatimizda yoshlarga hukumat miqyosida berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar haqida atroflicha to‘xtaldi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz faravonligi yo‘lida ulkan yutuqlarga erishgan yoshlar haqida gapirib, madaniyat sohasidagi yangi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
[gallery-15184]
– Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsadimiz ijodkor yoshlar orasidan milliy estrada, maqom, teatr aktyorligi hamda rejissyorlik sohalarida ijod qilayotgan iqtidor egalariga yangi imkoniyatlar yaratish hamda ularni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tizimini yo‘lga qo‘yishdir, – dedi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda ijodkor yoshlar tomonidan bir qator taklif va mulohazalar bildirildi, sohadagi muommolar o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar, ko‘tarilgan muammolar yuzasidan mutasaddilar zimmasiga topshiriqlar yuklandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wzrPX27XUJw" title="Rahbar va ijodkor yoshlar uchrashuvi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),
O‘zA muxbirlari