Davlat test markazi tomonidan Toshkent shahri va hududlarda ilk bor rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun test sinovlari tashkil etildi.

Ushbu test sinovi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 fevraldagi “Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qarorida belgilangan topshiriqlarga binoan o‘tkazildi.

Imtihon davomida talabgorlarning davlat tilini bilish darajasi, publitsistik, ilmiy-ommabop va rasmiy matnni o‘qib tushunish, o‘zbek tilining yozma adabiy me’yorlaridan – imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olishi, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish hamda tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish, shuningdek, fikrlarini yozma bayon qilish, topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalari tekshirildi.

Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

Birinchi marotaba o‘tkazilgan bunday sinovlar mamlakatimizda islohotlarning jadalligi tarmoq sohalarida takomillashuv va taraqqiyot, xalqimizning farovonligi, iqtisodiy barqarorlik, xalqaro modellar, talablar asosida ta’lim olish joriy etilayotganligining isboti.

Shuningdek, boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar kadrlar va lavozimga tayinlanadigan shaxslar ham erishayotgan yutuqlariga mos bugungi kun rahbari talablariga javob bera olishi, eng avvalo, mamlakatimizda davlat tili – ona tiliga e’tibor kuchayib borayotganligining natijasidir.

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rahbar kadrlarning davlat tilida ish yuritish darajasi aniqlandi