Rafinya noyob rekordini takrorladi
XXI asrda La Liga tarixida bunday natijaga Messi va Rafinyadan boshqa hech bir futbolchi erisha olmagan.
“Barselona” vingeri Rafinya Ispaniya La Ligasining 4-turida “Valensiya” darvozasini ishg‘ol qilib, joriy mavsumdagi gollari sonini 6 taga yetkazdi.
Shu tariqa braziliyalik futbolchi XXI asrda faqat Lionel Messi erishgan noyob natijani takrorladi. Messi 2012/13 va 2013/14-yilgi mavsumlarda La Liganing dastlabki to‘rtta uchrashuvida 6 tadan gol urgandi.
Endi esa Rafinya ham mavsumning ilk to‘rtta o‘yinida 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. XXI asrda La Liga tarixida bunday natijaga Messi va Rafinyadan boshqa hech bir futbolchi erisha olmagan.
Rafinya 2022-yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. U kataloniyaliklar safiga Angliyaning “Lids Yunayted” klubidan ko‘chib o‘tgan.