Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ bilan hamkorlikda “Quyuv-mexanika zavodi”ga press-tur tashkil etildi.

Dastlab, jurnalistlar “Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur zavod 1979 yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli “O‘zbekiston irrigatsiya va gidrotexnika mashinasozligi zavodi” sifatida tashkil etilgan. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 24 oktyabrdagi qaroriga muvofiq “Irgidromash” OAJ negizida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibida “Quyuv-mexanika zavodi” AJ tashkil qilingan.

Korxonada vagon depolarida ta’mirlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan mukammal ta’mirga muhtoj barcha turdagi yuk vagonlari ta’mirlanadi. Shu bilan birga, foydalanish jarayonlarida tug‘iladigan zaruriyatdan kelib chiqib, bir vagon turidan ikkinchi vagon turiga o‘tkazish, ya’ni modernizatsiya qilish va xizmat muddatini uzaytirish ishlari qilinadi.

Korxonaning umumiy yer maydoni 40,5 gektarni tashkil etadi. Bu yerda  bugungi kunda 26 ta ishlab chiqarish va yordamchi sexlar mavjud. Ularda 1500 nafarga yaqin ishchi-xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Korxonada xalqaro standartlarga muvofiq ISO 9001 sifat menejmenti va ISO 50001 energetika menejmenti tizimi joriy etilgan. 

[gallery-22981]

Bugungi kunda korxonada 6 turdagi yangi yuk vagonlari ishlab chiqariladi. Harakat tarkibining uzluksizligini ta’minlash uchun zaruriy quyma mahsulotlar, import o‘rnini bosuvchi noyob bo‘lgan ehtiyot qismlar va detallar ishlab chiqariladi. 

Shuningdek, turli xildagi metall konstruksiyalar, temir yo‘l izlarini ta’mirlash va yo‘lovchi vagonlar uchun ehtiyot qismlar, qishloq va suv xo‘jaligi buyurtmalari asosida asbob-uskunalar hamda nostandart inshoot va qurilmalar tayyorlash natijasida 400 turdan ortiq ehtiyot qismlar mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 

Korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga keladigan bo‘lsak, yangi yuk vagon qurish — 1200 donani, yuk vagon ta’mirlash esa 1500 donani tashkil etadi. 10 ming tonna quyma detallar, 15 ming tonna cho‘yan, 500 tonna po‘lat, rangli metallar, 600 tonna metall konstruksiyalar va nostandart uskunalar ishlab chiqariladi.

So‘nggi besh yilda korxonaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Sexlarga zamonaviy dastgohlar o‘rnatildi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati yaxshilandi, yosh, yangicha fikrlaydigan bilimli kadrlar jamlanib, ularning malakalari oshirildi. Bu esa ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun puxta zamin bo‘ldi. Eng muhimi, valyutaga olib kelinadigan import mahsulotlarini mahalliylashtirish imkoni yaratildi. 

– Korxonada O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan quyuv mahsulotlar ishlab chiqarish sexi mavjud, – deydi “Quyuv-mexanika zavodi” AJ rahbari Husnutdin Hosilov. – Bu yerda yiliga 26 ming tonna quyuv mahsulotlarini tayyorlashga mo‘ljallangan Germaniyaning zamonaviy texnologiyalari asosida barcha vagonlarni qurish va ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan quyuv mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxona tomonidan 200 dan ortiq import o‘rnini bosuvchi tayyor mahsulotlar, ehtiyot va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi va mahalliylashtirildi. E’tiborli jihati shundaki, korxonada O‘rta Osiyoda birinchilardan bo‘lib yuk vagonlarining o‘ta murakkab ehtiyot qismlardan avtobirikma (avtossepka), don tashish uchun xopper-vagon, katta hajmli konteynerlarni tashishga mo‘ljallangan vagon-platformalar, yangi elektrovozlarning ehtiyot qismlari bo‘lgan prujinalarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 

Davlatimiz rahbari tomonidan sanoat mahsulotlarini eksport qilishga berilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalangan holda Qozog‘iston, BAA, Turkmaniston, Belarus davlatlari bilan keng savdo aloqalari o‘rnatilgan.

Jahon standartlari talablariga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish, raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, ishlab chiqarish sharoitlarini yuqori darajaga ko‘tarish, ishchi-xodimlarning maoshlarini yanada oshirish, qolaversa yangi turdagi innovatsion vagonlar ishlab chiqarish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirish borasida qo‘shni hamda hamdo‘stlik davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish borasida katta marralar qo‘yilgan. 

Prezidentimizning 2023 yil 10 oktyabrdagi 329-sonli qaroriga asosan korxona “Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi. 

Press-tur davomida Transport nazorati inspeksiyasi Temir yo‘l transportida nazorat boshqarmasi inspektorlari tomonidan nazorat va profilaktik tadbirlar o‘tkazish tartibi, vagon va lokomotivlarni tekshirish jarayonlariga guvoh bo‘ldik. 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Quyuv-mexanika zavodi”ga press-tur