Quyoş panellarining xizmat muddati tugagaç ularni qanday taqdir kutmoqda?
Bugun quyoş energetikasi haqida söz ketganda, asosiy eʼtibor yangi quvvatlarni işga tuşiriş va ekologik samaradorlikka qaratiladi.
Biroq bu texnologiyaning köpinça nazardan çetda qoladigan muhim jihati bor. Yaʼni xizmat muddati tugagan panellar taqdiri nima böladi? Ularni şunçaki çiqindiga çiqaramizmi yoki tarkibidagi qimmatli materiallarni iqtisodiy aylanmaga qaytaramizmi? Yurtimizda quyoş energetikasi jadal rivojlanayotgan bir paytda, bu masala yeçimini bugundan izlaş şart.
Bu borada Toşkent davlat texnika universiteti dotsenti, texnika fanlari falsafa doktori Nargiza Dalmuradova bilan suhbatlaşdik.
– Mutaxassislar quyoş panellarining xizmat muddatini 25-30 yil deb belgilaydi. Bu vaqt ötgaç, ular töliq yaroqsiz holga keladimi yoki elektr energiyasi işlab çiqarişda yana foydalaniş mumkinmi?

– 25 yil işlagan panel avtomatik ravişda çiqindiga aylanadi, degan qaraş notöğri. Bu şunçaki işlab çiqaruvçi kafolatlagan eng yuqori samaradorlik davri. Vaqt ötişi bilan qurilmaning quvvat beriş qobiliyati biroz pasaysa-da, texnik holati yaxşi bölsa, elektr energiyasi işlab çiqarişda davom etaveradi. Şuning uçun xizmat muddati tugaşi bilan yaroqsizlikni bir xil tuşunça sifatida qabul qilmaslik kerak. Qurilmalarning maʼlum bir qismi taʼmirlanib, ikkinçi hayot olişi va yana iqtisodiy foyda keltirişi mumkin.
Bugun butun dunyoda quyoş energetikasi şiddat bilan ösmoqda. Tasavvur qiling, 2025-yil oxiriga borib global fotoelektrik quvvatlar 2,96 TVtga yetadi. Faqatgina bir yil içida qariyb 690 GVt yangi quvvat tarmoqqa ulandi. Bu ulkan raqamlarning ortida ulkan masʼuliyat yotibdi. Xalqaro hisob-kitoblarga köra, 2050-yilga borib foydalanişdan çiqqan panellar hajmi 60-78 million tonnaga yetadi. Bunça miqdordagi qurilmalarni oldindan reja qilmasdan turib, şunçaki boşqarib bölmaydi.
– Zamonaviy panellar tarkibida şişa, alyuminiy, kremniy, mis va kumuş kabi moddalar bor. Qaysi birini ajratib oliş iqtisodiy jihatdan eng manfaatli hisoblanadi?
– Kristall kremniyli modulning qariyb 77 foizi şişa, 10 foizi alyuminiy va 3 foizga yaqini kremniydan iborat. Qolgan mis, kumuş va qalay uluşi esa bir foizga ham yetmaydi.
Bir qaraşda, asosiy massani taşkil qilgani uçun şişa va alyuminiyni qayta işlaş eng muhimdek tuyuladi. Ammo iqtisodiyotda massa va qiymat doim ham mutanosib bölavermaydi. Panel tarkibidagi mis va kumuş garçi juda kam miqdorda bölsa-da, bozordagi narxi va sanoatdagi örni sababli resurslardan samarali foydalaniş nuqtai nazaridan eng qimmatli xomaşyo hisoblanadi. Bu yerdagi asosiy muammo materiallarni şunçaki ajratib oliş emas, balki ularni sanoatga qayta yaraydigan yuqori tozalik darajasida olişdir. Bu esa murakkab logistika va yuqori texnologik jarayonlarni talab qiladi.
– Bu borada dunyo tajribasi qanday? Fransiya va AQŞ amaliyotining qaysi jihatlari Özbekiston uçun ibratli böla oladi?
– Bu davlatlar qayta işlaşning naqadar çuqur va samarali bölişi mumkinligini isbotlamoqda. Masalan, Fransiyaning ROSI korxonasi sanoat miqyosida panellardan 95 foizgaça materiallarni ajratib olişga erişgan. Ular şunçaki çiqindini yöq qilmayapti, balki yuqori tozalikdagi kremniy, kumuş va misni ajratib olib, işlab çiqariş zanjiriga qaytarmoqda. AQŞning First Solar kompaniyasi esa bu jarayonni deyarli yopiq aylanma şakliga keltirgan: eski panel materiallarining 90 foizdan ortiği yana yangilarini işlab çiqarişga yönaltiriladi.
Bundan çiqadigan xulosa şuki, qayta işlaş samaradorligi utilizatsiya qilingan çiqindi vazni bilan emas, balki olingan materiallarning sanoatdagi yangi qiymati va iqtisodiyotga qaytişi bilan ölçanişi kerak.
– 2026-yil oktabr holatiga yurtimizda 16 ta yirik stansiyaning quvvati 4 230 MVtni, kiçik qurilmalar esa 2 508 MVtni taşkil qildi. Bu raqamlar kelajakdagi utilizatsiya jarayoni uçun qanday yondaşuvni talab qiladi?
– Bu körsatkiçlar şuni körsatadiki, Özbekistonda energetik transformatsiya nafaqat çöllardagi ulkan stansiyalar, balki oddiy xonadonlar va tadbirkorlik subʼektlari orqali ham şiddat bilan amalga oşmoqda. Kelajakdagi çiqindi hajmini hisoblaşda asosiy qiyinçilik aynan şunda. Kiçik qurilmalar butun respublika böylab tarqoq holda joylaşgan.
Biz hozir örnatilayotgan umumiy quvvatni şunçaki 25 yilga siljitib, kelajakdagi çiqindi hajmini prognoz qila olmaydimiz. Baʼzi panellar tabiiy taʼsirlar yoki nosozliklar sabab ertaroq almaştiriladi, boşqalari esa uzoqroq işlaydi. Demak, mamlakatimiz böylab örnatilgan barça modullarning quvvati, turi, yili, joylaşuvi va holatini aks ettiruvçi yagona tizimli maʼlumotlar bazasini yaratiş bugundan boşlanişi kerak.
– Yirik stansiyalarda utilizatsiya böyiça majburiyatlar investorlarga yuklangan. Lekin aholi va tadbirkorlardagi panellar taqdiri nima böladi? Ularni nazorat qiliş mexanizmi qanday bölişi kerak?
– Juda örinli jihat. Yirik loyihalar investorlari uskunalarni ekspluatatsiyadan çiqariş va utilizatsiya qiliş böyiça masʼuliyatni şartnoma asosida öz böyniga oladi. Ammo yuz minglab xonadonlardagi eskirgan panellar bilan işlaşda boşqaça yondaşuv zarur.
Kelajakda bunday tarqoq panellarni kim yiğadi, texnik holatini kim baholaydi va utilizatsiyaga kim yönaltiradi? Buning uçun joylarda maxsus yiğiş punktlari, logistika tarmoqlari va qayta işlaşga yönaltiruvçi yagona boşqaruv mexanizmi işlab çiqilişi kerak.
– Demak, Özbekistonda quyoş panellarini qayta işlaş zavodini quriş vaqti keldimi? Bu iqtisodiy jihatdan özini oqlaydimi?
– Bunga biroz ehtiyotkorlik bilan yondaşiş lozim. Qimmatli materiallar borligi uçungina zavod darhol foyda keltiradi, degan kafolat yöq. Yuqorida taʼkidlaganimdek, mis va kumuşni sanoatbop darajada ajratib oliş katta xarajat va murakkab texnologiyani talab qiladi. Korxona foyda körişi uçun unga barqaror va katta hajmdagi eski panellar oqimi kerak böladi.
Şuning uçun birinçi qadam – mavjud qurilmalarni hisobga oliş va kelajakdagi xomaşyo hajmini aniq prognoz qiliş. Qimmat zavodlarni qurişdan oldin iqtisodiy jihatdan eng maqbul texnologiyalarni örganib, ana şu tahlillar asosidagina korxonalarning quvvati va joylaşuvini belgilaş maqsadga muvofiqdir.
– Xulosa örnida, sohaning ertangi kuni uçun bugun Özbekistonda qanday ilmiy-amaliy qadamlarga ustuvor ahamiyat qaratiş zarur?
– Quyoş energetikasining ekologik tozaligini faqat uning işlaş jarayoni bilan baholab bölmaydi. Butun "hayot sikli" – xomaşyo qazib olişdan boşlab, to uning xizmat muddati tugagandan keyingi qayta işlaş zanjiri töliq qamrab olinişi kerak. Çet el tajribasi va natijalarini milliy şaroitni inobatga olmay turib kör-körona köçirib ololmaymiz. Özbekistonning öziga xos issiq iqlimi, çanglaniş darajasi va tabiiy şaroitlari panellarning real xizmat muddatiga qanday taʼsir qilişini özimizning olimlar örganişi şart. Şuningdek, kelajakda işlab çiqariladigan panellarni loyihalaşdayoq ularni oson qismlarga ajratiş imkoniyatini hisobga oliş kerak.
Qisqa qilib aytganda, 25 yil kutib ötiriş yaramaydi. Kelajakda yurtimizdagi eski panellarning bir qismi "ikkinçi hayot" olib yana xizmat qiladi, boşqasi resurs sifatida iqtisodiyotga qaytadi yoki şunçaki zararli çiqindiga aylanadi. Bu natijalarning qay biri yuz berişi esa aynan bugun qabul qilayotgan qarorlarimizga töğridan-töğri boğliqdir.
ÖzA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva suhbatlaşdi.