Quyosh panellaridan foydalanish ommalashmoqda
Yil sayin har bir xonadonda maishiy texnikalar ortib borishi, aholi turmush darajasining yanada yaxshilanishi barobarida elektr energiyaga bo‘lgan talab ham oshmoqda. Shularni inobatga olib, Sirdaryo viloyatida aholi orasida quyosh panellaridan foydalanuvchilar soni ko‘paymoqda.
Jumladan, Sayxunobod tumani Ittifoq mahallasidagi 30 dan ortiq xonadonga 3 kVT quyosh panellari o‘rnatilgan. Iste’molchilarning quyosh panellari orqali yaratilib, o‘z iste’molidan orttirib tarmoqqa chiqarilayotgan har 1 kVT elektr energiyasi uchun 1000 so‘mdan to‘lab borilmoqda.


Tuman elektr ta’minoti korxonalari ishchi-xodimlari tomonidan joylarda elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlari ham amalga oshirilmoqda. Hozirga qadar 17 dona transformator punkti va 0.4 va 10 kV li 38 km elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta’mirdan chiqarildi.


Shuningdek, yana 22 dona transformator punktini va 58 km elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.
Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri