“O‘zbekenergota’mir” aksiyadorlik jamiyati Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi”da bunyod etgan, quvvati 3,5 MVt ga teng bo‘lgan navbatdagi quyosh fotoelektr stansiyasi muvaffaqiyatli ishlamoqda.

O‘tgan yilning yozida ishga tushirilgan quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi yonidagi 4 gektar bo‘sh yer maydonida qurilgan, quvvati 3,5 MVt teng bo‘lgan yangi quyosh fotoelektr stansiyasida Xitoyning “Csg pvtech co., ltd” kompaniyasi ishlab chiqargan zamonaviy 6368 ta quyosh paneli o‘rnatildi. Yangi stansiya uchun joy tayyorlash, metall konstruksiyalarni montaj qilish va o‘rnatish, panellarni joylashtirish hamda sozlash ishlarini loyiha bosh pudratchisi “O‘zbekenergota’mir” aksiyadorlik jamiyati bajardi.

Prezidentimizning 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan qurilgan yangi quyosh fotoelektr stansiyasi to‘liq foydalanishga topshirilgach, To‘raqo‘rg‘on IES korxonasida barpo etilgan quyosh fotoelektr stansiyasining umumiy quvvati 4,5 MVtdan oshadi. Natijada stansiya o‘z ehtiyojlari uchun yiliga o‘rtacha 8-9 million kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Buning natijasida esa, 2,3 million kubmetrgacha tabiiy gaz yoqilg‘isi iqtisod qilinishiga erishiladi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyosh fotoelektr stansiyasining quvvati oshmoqda