Quyosh elektr stansiyasi bunyod etilmoqda
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi davlat-xususiy sherikchilik asosida 457 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini bunyod etmoqda.
Qiymati 260 million dollarlik loyiha foydalanishga topshirilgach, 475 ming xonadon arzon va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Ayni paytda yirik qurilish inshootida xitoylik pudratchi mutaxassis va 500 dan ortiq mahalliy aholi mehnat qilmoqda. Quyosh elektr stansiyasi ishga tushgach, 120 nafar mahalliy mutaxassis doimiy ish bilan ta’minlanadi.





Shuningdek, yaqin yillarda viloyatning Angor tumanida 1 ming 560 megavatt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasi ham ishga tushiriladi. Uni qurish uchun Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki va Islom taraqqiyot banki davlat kafolatisiz 325 million yevro investitsiya kiritadi. Mazkur loyiha mamlakatimizda yuqori samarador elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri