Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov, deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tuman faollari, “TST Sluster” klasteri mutasaddilari, korxona ishchi-xodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, viloyatning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘paytirish va rijlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar avvalo aholi bandligini ta’minlash, daromatini oshirish bilan birga hududning iqtisodiy imkoniyatlarini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

Sholini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan yangi korxona Markaziy Osiyodagi eng yirik hisoblanadi. Bu orqali mazkur klaster tarkibidagi “TST Rice” mas’uliyati cheklangan jamiyatida klaster uslubida mahsulot yetishtirish va uni chuqur qayta ishlash bo‘yicha to‘liq sanoat zanjiri yaratildi. Joriy yil klaster tomonidan 2,5 ming gektardan ortiq yerda sholining “Lazurniy”, “Iskandar”, “Mustaqillik”, “Tarona” navlari ekilgan edi. Noqulay ob-havo sharoiti, ayniqsa, vegetatsiya davrida kuzatilgan suv tanqisligiga qaramasdan, mo‘l hosil yetishtirildi. Ayni paytda hosil 9,5 ming tonnani tashkil emoqda. Bu jarayonda soha mutaxassislarining sa’y-harakatlari, mavjud 40 ga yaqin kombaynlardan unumli foydalanilgani tufayli o‘rim-yig‘im mavsumi uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, avvallari klasterda yetishtirilgan sholi ochiq usulda saqlangan bo‘lib, umumiy qiymati 25 milliard so‘mdan ziyodga teng loyiha tufayli ushbu muammo bartaraf etildi. Buning uchun tumanidagi “Surum” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Sholini qayta ishlash va saqlash majmuasi bunyod etildi. Majmuaning umumiy maydoni 6 gektar bo‘lib, u o‘zida xirmon maydoni, umumiy sig‘imi 15 ming tonnalik 2 ta yopiq ombor, sholini tozalash va quritish sexi hamda sholini qayta ishlash zamonaviy zavodini birlashtirgan.

Joriy yildan boshlab sholi saqlashda yangi texnologiya qo‘llanila boshlandi. Ya’ni har biri 1 tonnalik maxsus qoplarga joylangan holda, omborlarga peshma-pesh joylashtirildi. Bu hosilni yaxshi saqlash va yuqori sifatli guruch ishlab chiqarish imkonini beradi.  Korxonada zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda qabul qilinayotgan sholining namligi, quritish va qayta ishlash jarayonlari, shuningdek, guruch mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari doimiy nazorat ostida. 

Sholini qayta ishlash zavodi Turkiyaning “Yashar Makina” kompaniyasidan keltirilgan eng so‘nggi rusumdagi uskuna va dastgohlar bilan jihozlangan. Ular yordamida eng yuqori navdagi guruch mahsulotlari ishlab chiqariladi. Buyurtmachi talabidan kelib chiqib, sig‘imi 2 kilogrammdan to 50 kilogrammgacha bo‘lgan maxsus qoplarga qadoqlanadi. Hozirgi paytda zavod bir mavsumning o‘zida 25 ming tonnadan 40 ming tonnagacha mahsulotni qayta ishlash quvvatiga ega. Rejaga ko‘ra, kelgusida ikkinchi bosqichi ham ishga tushirilsa, yaqin yillarda korxona quvvati ikki barobarga ortishi mumkin. 

Zavod foydalanishga topshirilishi tufayli 41 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Klaster o‘z mahsulotlarini qayta ishlab bo‘lgach, fermer va dehqon xo‘jaliklarini qayta ishlab berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatida. Chunki Toshkent viloyatining boshqa tumanlarida ham katta maydonlarda sholi yetishtiriladi. 

Tadbir ishtirokchilari korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. 

A.Musayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quyi Chirchiqda Markaziy Osiyodagi eng yirik sholini qayta ishlash zavodi oydalanishga topshirildi