Quvasoylik fuqarolar ish bilan taʼminlanmoqda
Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda OʼzLiDePdan saylangan deputatlar, partiya faollari ham alohida oʻrnak koʻrsatmoqda.
Koronavirus pandemiyasi tufayli karantin sharoitida daromad manbaidan uzilib, vaqtincha ishsiz qolgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni bartaraf etish, aholini qiynayotgan eng asosiy muammolarni hal etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda OʼzLiDePdan saylangan deputatlar, partiya faollari ham alohida oʻrnak koʻrsatmoqda.
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashidagi OʼzLiDeP deputatlik guruhi aʼzosi Aʼzamjon Qosimov, Baxtiyor Usmonov, Azizbek Qosimovlar ham oʻzi saylangan hududdagi aholining ishsizlik masalasini oʻrganib chiqib, xayrli ishga qoʻl urdilar.
Lashkar saylov okrugi deputati Aʼzamjon Qosimov tashabbusi bilan shahar hududidagi ishsiz qolgan 20 nafar fuqarolar “Fayzli munis mebellar” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga ish joylandi.
M.Ulugʻbek saylov okrugi deputati Baxtiyor Usmonov ham “HAMKOR GROUP” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 12 nafar X.Olimjon va M.Ulugʻbek mahallalari hududidagi yoshlarni ish bilan taʼminladi. Bundan tashqari, 25 nafar naymanlik yoshlarga 20 sotixdan yer ajratib berilishida tashabbus koʻrsatdi.
A.Navoiy saylov okrugi deputati Azizbek Qosimov tashabbusi bilan hududdagi 10 nafar yoshlar “Vodiy agro vord” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ishli boʻlishdi.
Partiya faoli, Kengash aʼzosi Tursunali Homidov ham tashabbusi bilan chiqib, oʻzi rahbarlik qilayotgan “Zaman bulding” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 20 nafar ishlarni ishga qabul qildi.
Bunday xayrli ishlar partiya deputatlari va elektorati boʻlgan tadbirkor va fermerlar tomonidan davom etmoqda.
X.ALIMOVA,
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashidagi OʼzLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi