Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati Quva tumani bo‘limi va filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Ilgarilari kadastr tizimidan ko‘pchilik norozi bo‘lardi. Bugun esa barchasi o‘zgarib, sohada xizmat ko‘rsatish sifati oshmoqda. Odamlar istagan tezkor, shaffof, raqamli xizmat ko‘rsatish tizimi shakllanib boryapti. Natijada, sohada murojaatlar soni ham ortib, ularga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari bir necha barobarga kengaydi. Farg‘ona viloyatida ham kadastr tizimida raqamlashtirish jarayoni jadal davom etmoqda.  

Shu bilan birgalikda hududlarda kadastr xodimlarining faoliyat olib borishlari uchun qulay sharoitlar yaratish e’tiborda. Bugunga kadar Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tizimida Yozyovon, Toshloq, Qo‘shtepa, Bag‘dod, Furqat tumanlarining binolari yangi qurib foydalanishga topshirildi. Oltiariq, Uchko‘prik, Rishton tumanlarining binolari rekonstruksiya qilindi. Quva tumanidagi mazkur bino ham ana shu ishlarning uzviy davomidir.    

Tantanali ochilish marosimida Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyev va boshqalar yuridik va jismoniy shaxslarning davlat idoralariga bormasdan, masofadan turib ko‘chmas mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kadastr xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish muhim maqsad ekanligini ta’kidladi. Yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishildi.  

M.Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quvada yangi kadastr binosi ochildi