Qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumi taşkil etiladi
“Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzurida Qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumini taşkil etiş töğrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
2026-yil 3-apreldagi PQ–123-son Prezident qarorida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzurida Qutqaruvçilarni tayyorlaş texnikumi faoliyatini yölga qöyiş belgilangan.
Qarorga köra, Texnikum faoliyati 2027/2028 öquv yilidan yölga qöyiladi.
Texnikumga umumiy örta taʼlim taşkilotlarining bitiruvçilari belgilangan tartibda davlat granti va tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinadi hamda öquv jarayoni boşlanğiç, örta va örta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida taşkil etiladi.
2029-yildan Texnikumning kasbiy taʼlim yönalişlarini tamomlagan bitiruvçilar tarkibidan favqulodda vaziyatlar organlari uçun kadrlar zaxirasi şakllantiriladi.
Quyidagilar Texnikumning asosiy vazifalari etib belgilandi:
– favqulodda vaziyatlar organlariga kasbiy taʼlim yönalişlari böyiça zamon talablariga javob beradigan, nazariy bilim va amaliy könikmalarga ega bölgan qutqaruvçilarni tayyorlaş;
– öquv jarayonini simulyatsiya, imitatsiya va virtual laboratoriyalar (poligon)ni taşkil etiş orqali nazariya va amaliyotning uyğunligini taʼminlaş va boşqalar.
ÖzA