Qutqaruvçilar mahorat va matonat sinovida
Favqulodda vaziyatlarda inson hayotini saqlab qoliş qutqaruvçidan nafaqat jasorat, balki yuksak kasbiy mahorat, jismoniy çidamlilik va tezkor qaror qabul qiliş qobiliyatini ham talab etadi. Surxondaryo viloyatida ötkazilgan “Aʼloçi xodim” körik-tanlovida ana şu fazilatlar amalda sinovdan ötkazildi.
Qutqaruv bölinmalari şaxsiy tarkibining kasbiy, xizmat-jangovar va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaşga qaratilgan tanlovning viloyat bosqiçida şahar va tuman favqulodda vaziyatlar bölimlaridan 96 nafar xodim iştirok etdi.
Beşta şart asosida ötkazilgan bellaşuvlarda iştirokçilar öz bilim va könikmalari, jismoniy tayyorgarligi hamda kasbiy mahoratini namoyiş etdi.
Musobaqa yakunlariga köra, ğoliblar harbiylaştirilgan va kasbiylaştirilgan qutqaruv qismlari yönalişlari böyiça aniqlandi.
Harbiylaştirilgan qutqaruv qismlari örtasida 23-qutqaruv qismi boşliği, kapitan Elmurod Erdonov birinçi örinni egalladi. Termiz şahar Favqulodda vaziyatlar bölimining 1-qutqaruv qismi guruh komandiri, kiçik serjant Doniyor Röziyev ikkinçi, Denov tumani Favqulodda vaziyatlar bölimining 8-qutqaruv qismi qutqaruvçisi, kiçik serjant Begzod Alimuratov uçinçi öringa sazovor böldi.
Kasbiylaştirilgan qutqaruv qismlari yönalişida Jarqörğon tumani Favqulodda vaziyatlar bölimining 11-kasbiylaştirilgan qutqaruv qismi boşliği Azizbek Jörayev ğolib deb topildi. Ikkinçi örinni Uzun tumani Favqulodda vaziyatlar bölimining 24-kasbiylaştirilgan qutqaruv qismi smena boşliği Mansur Töxtayev, uçinçi örinni Jarqörğon tumanidagi 11-kasbiylaştirilgan qutqaruv qismi xodimi Sardor Xudoynazarov egalladi.
[gallery-32400]
Mazkur körik-tanlov qutqaruvçilarning kasbiy tayyorgarligini yanada mustahkamlaş, ilğor xodimlarni aniqlaş va özaro tajriba almaşişga xizmat qildi. Zero, favqulodda vaziyatlarda har bir soniya va töğri qabul qilingan qaror inson hayotini asrab qolişda hal qiluvçi ahamiyatga ega.
Jonibek QÖZIMURODOV (surat), ÖzA