Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi Qilichmozor qishlog‘ida Qutayba ibn Muslim (r.a.) nomi bilan ataluvchi ziyoratgoh va maqbara bor. Tarixchi Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida “Qutaybaning qabri Farg‘ona (vodiy)da mashhur bo‘lib, “Raboti sarohang” degan joyda “Kox” deb ataladigan (hozirgi Qilichmozor) bir qishloqda. Odamlar ziyorat uchun hamisha u yerga borib turadilar” deb yozilgan.

Qilichmozor qishlog‘idagi Qutayba ibn Muslim (r.a.) maqbarasi ustiga o‘rnatilgan toshga shunday bitiklar yozilgan: “Va ul odamlarki, Alloh yo‘lida o‘ldirildilar, alarni o‘liklar deb gumon qilmagin. Balki alar tirikdurlar. Parvardigorlari qoshida alarg‘a rizq berilur”. Oli Imron surasi, 169-oyat. 

Ayrim manbalarda keltirilishicha, Sohibqiron Amir Temur Qutayba (r.a.) dafn etilgan joyni muqaddas bilib, buyuk islom sarkardasining qabri ustiga Samarqanddan me’mor jo‘natib, ko‘rkam va mahobatli maqbara qurdirgan. Bu maqbara 1935 – 1936 yillarda ateistlar tomonidan buzib tashlangan. 

[gallery-18561]

1975 - 1978 yillarda Andijon viloyati birinchi rahbari bo‘lib ishlagan Bektosh Rahimov tashabbusi bilan buzib tashlangan, xaroba holga kelib qolgan maqbara milliy me’morchilik an’analari asosida qayta qurilgan. Ikki xonali maqbaraning asosiy xonasi tashqaridan kvadrat asosida bo‘lib, ichkarisi sakkiz burchakli, tomonlari chuqur mehrobsimon ravoqlar bilan ko‘tarilib, diametri 5,5 metrli gumbaz bilan yopilgan, gumbaz o‘rtasida esa qabr joylashgan bo‘lib, maqbara g‘arbidagi dahliz ziyoratchilarga mo‘ljallangan.

Qutayba ibn Muslim (r.a.) dafn qilingan mazkur joy haqida tarixchi Narshaxiy, XVI asr muarrixi Jamol Qarshiy, akademik V.V.Bartold asarlarida ham turli ma’lumotlar keltirilgan. 

Bugungi kunga kelib, ushbu maskan odamlar ko‘p keladigan gavjum ziyoratgohga aylangan. Bu yerda 2020 yildan boshlab qurilish, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ziyoratgoh majmuasining qurilishi, obodonlashtirish ishlarida Jalaquduq tumanidagi korxona, tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlar, qo‘yingki, juda ko‘p saxovatpesha insonlar yaqindan yordam bermoqda. Tuman hokimligi, xususan, tuman hokimi Hikmatullo Latipovning sa’y-harakati bilan juda katta hajmdagi tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, shu kunga qadar qurilish, obodonlashtirish ishlariga qariyb 25 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi.

Islom tarixi sahifalaridan munosib o‘rin olgan ulug‘ zot nomi bilan ataluvchi mazkur ziyoratgoh 2006 yilda tarixiy va madaniy meros ob’ekti, ziyoratgoh sifatida davlat muhofazasiga olingan.

–  Keyingi yillarda viloyat, tuman hokimliklari, saxiy insonlar ko‘magida ziyoratgohni kengaytirish, obodonlashtirish borasida katta hajmdagi qurilish, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, – deydi ziyoratgoh majmuasi qurilishida jamoatchilik asosida ish olib borayotgan, mehnat faxriysi Olimjon Ahmedov. – Ayni kunlarda qurilish ishlari yakuniga yetmoqda. Majmua tarkibidagi binolarning ichki va tashqi qismlarida pardozlash ishlari ketmoqda. Nasib etsa, ziyoratgoh majmuasi butunlay yangicha qiyofaga ega bo‘ladi, ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar yaratiladi.

Shu kunlarda pardozlash ishlari andijonlik, qo‘qonlik hamda Buxorodan kelgan mohir ustalar tomonidan olib borilmoqda. 

 Maxsus loyiha asosida majmua sifatida barpo etilayotgan ziyoratgoh hududida ikki qavatli besh ming namozxonga mo‘ljallangan masjid, aylanasiga muzey, kutubxona va ziyoratchilar uchun alohida xonalar qurildi. Bundan tashqari, ayollar uchun alohida tahoratxona va namozxona barpo etildi.

Majmua o‘rtasida joylashgan qabr ustiga balandligi 20 metr bo‘lgan gumbaz, gumbazning to‘rt tomonida ziyoratchilar uchun o‘ziga xos ko‘rinishga ega ayvonlar, maqbaradan uncha uzoq bo‘lmagan joyga, tarixiy, zamonaviy ko‘rinish uyg‘unlashgan landshaft asosida sharshara barpo etildi. 

– Andijon – Xonobod avtomagistral yo‘lidan ichkariga, ziyoratgohga olib keluvchi qariyb 680 metrli katta yo‘l chiqarilib, yo‘l chetlariga manzarali daraxt ko‘chatlari, gullar ekildi, – deydi Jalaquduq tumani hokimi Hikmatullo Latipov. – Bundan tashqari, yo‘l chetida piyodalar uchun yo‘lakchalar barpo etildi, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Kelgusida mazkur yo‘l yoqasida savdo do‘konlari, ziyoratchilar dam oladigan maxsus joylar barpo etiladi.

Yo‘l boshiga arka – “Roboti sarhang”, ya’ni arkali maxsus katta darvoza qurildi. Yaqin yillar ichida Qutayba ibn Muslim (r.a.) ziyoratgohi mehmonlar va ziyoratchilar bilan gavjum eng obod maskanga aylandi. 

Qutayba ibn Muslim (r.a.) ziyoratgohi majmuasiga nafaqat yurtimizdan, balki yaqin va uzoq xorijiy davlatlardan ham mehmonlar, sayyohlar tez-tez kelib turadi. Shu yilning o‘zida ziyoratgohga Afg‘oniston, Indoneziya, Hindiston, Pokiston, Xitoy davlatlaridan, shuningdek, qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistondan yuzlab ziyoratchilar tashrif buyurdi. 

Ziyoratgoh majmuasini obod maskanga aylanishi, ziyoratchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar shubhasiz, bu yerga keluvchi turist va ziyoratchilar oqimini yanada ko‘paytiradi. 

– Ziyoratgoh majmuasi qurilishi, obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda, Qutayba ibn Muslim hayoti, faoliyati, uning nomi bilan ataluvchi ziyoratgoh tarixi, bu yerda barpo etilayotgan majmua, uning ahamiyati haqida yurtdoshlarimiz, keng jamoatchilik, ayniqsa, yosh avlodga kengroq ma’lumot berish maqsadida bir qator kitoblar chop etildi, – deydi “Jalaquduq hayoti” gazetasi muharriri Shukurillo Hayitoxunov. – Jumladan, hozirga qadar “Qutayba ibn Muslim”, “Qutayba ibn Muslim ziyoratgohi”, “Qutayba ibn Muslim ziyoratgohi mo‘’jizalari” “Sulton oyim ziyoratgohi””, “Jur’at va jasorat”, “Qo‘mondon” singari kitoblar chop etildi. Ushbu kitoblar qirg‘iz, rus va ingliz tillariga tarjima qilindi. 

Mazkur kitoblar Islom olamining ulug‘ va mashhur zotlaridan biri Qutayba ibn Muslim, uning nomi bilan ataluvchi ziyoratgoh va ziyoratgoh majmuasini targ‘ib etish bilan birga, ziyoratga keluvchilar, xorijiy sayyohlarga keng ma’lumotlar beradi. Qolaversa, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida qadim tariximizga, yurtimiz zaminida yashab o‘tgan ulug‘ zotlarga bo‘lgan hurmat, yurtdan faxrlanish tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi. 

 Ziyoratgoh majmuasidagi qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari joriy yilning oxiriga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

Faxriddin UBAYDULLAEV,

Zuhriddin UMRZOQOV (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qutayba ibn Muslim ziyoratgohi haqida bilasizmi?