Qushlar barcha qit’alarda yashaydi va butun dunyoni aylanib hayot kechiradigan jonzotlardir. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston ornitofaunasida qushlarning 22 turkumga oid 470 dan ortiq turi ma’lum. Ammo shundan atigi 51 turdagi qushlar Respublika Qizil kitobiga kiritilgan.

Tabiat resurslari vazirligi tomonidan 1 aprel — Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan “Qushlarni asraylik” respublika tanlovi o‘tkazildi. Tanlovning Toshkent shahar bosqichi Akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tabiat resurslari vaziri A.Abduhakimov ishtirok etib, bugungi kunda ona tabiat, xususan, qushlarni asrab-avaylashda har bir yurtdoshimizning faol ishtiroki muhimligini va mazkur tanlov ham aholi, ayniqsa, yoshlarning qushlarga bo‘lgan munosabatini yaxshilash maqsadida o‘tkazilganini ta’kidladi.  

– Qushlarning  tabiat va inson hayotidagi ahamiyati xilma-xil bo‘lib, o‘simliklarni changlantirish, ularning urug‘larini tarqatish, zararkunanda hasharotlar va kemiruvchilarni qirishdan iborat, – deydi A.Abduhakimov. – Shu bilan birga, qushlarning tabiatdagi estetik ahamiyati ayniqsa katta, ularning sayrashi bog‘ va xiyobonlarni jonlantiradi, insonda zavqlanish hissini uyg‘otadi. Nafaqat qushlarni, balki jonivorlarni himoya qilish, shu bilan birga, atrof-muhit tozaligi va tabiatni asrash, uni keyingi avlodlarga munosib yetkazib berishda birgalikda harakat qilishimiz lozim. Bu kabi ezgu tashabbuslarda biz barchamiz bir bo‘lib harakat qilsakkina oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erisha olamiz. Zero kuch – birlikda!  

Qayd etilganidek, yovvoyi qushlar uya quradigan joylarni buzish, ularga ozor yetkazish noto‘g‘ri ekanini yosh avlod ongiga singdirish muhim masala sanaladi. Ularga daraxt ekish, qushlar uchun uyalar qurish, mehrli bo‘lish kerakligini yoshligidan tushuntirib borish orqali qushlarni muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga erishish mumkin.  

Tabiat resurslari vazirligining Biologik xilma-xillik siyosatini yuritish boshqarmasi, vazirlik huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston qushlarni himoya qilish jamiyati mas’ulligida tashkil etilgan ushbu tanlov 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida e’lon qilindi va joriy yilning 30 martiga qadar @uzecoilm_bot  orqali ishtirokchilar ro‘yxatga olindi.  

Respublikamizning barcha hududlaridagi istirohat bog‘lari va jamoat parklarida o‘tkazilgan tanlovning yakuniy bosqichida 3 ta  (5-10, 11-17, 18-30) yosh toifasidagi ishtirokchilar keng jamoatchilik oldida qush uyalarini yasadilar. Soha mutaxassislaridan tuzilgan Hakamlar hay’ati tomonidan uyalarni yasashda ishtirokchilarning innovatsion va kreativ g‘oyalari asosida ishlashiga alohida e’tibor qaratildi va g‘oliblar tanlov nizomida belgilangan talablar asosida aniqlab berildi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, 1 aprel – Xalqaro qushlar kuni jahonda har yil keng nishonlanadi. 1894 yildan ilk bora Amerika Qo‘shma Shtatlarida nishonlagan ushbu sanadan ko‘zlangan maqsad qushlarning turlari, ularning xilma-xilligi va sonini saqlab qolishdir. Qushlar kuni sanasi YUNESKOning “Inson va biosfera” biologik dasturidan ham joy olgan.  

Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda ham qushlarning muhofazasiga alohida e’tibor qaratilib, doimiy monitoring ishlari olib borilmoqda. Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi ochiq suv havzalarida qishlaydigan suv qushlarining sonini aniqlash va ularni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish” bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.  

Ushbu loyiha doirasida respublikamizning 49 ta ochiq suv havzalarida o‘tgan 2022 yilda olib borilgan tadqiqotlar davomida qushlarning 111 turi qayd etilgan. Qushlarning umumiy soni 597 ming 272 boshni tashkil etib, mamlakatimiz ornitofaunasida jami 22 turkumga oid 478 ta tur vakillari uchrab turishi ma’lum bo‘ldi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qushlar dunyosini asrash – tabiatni asrashdek muhim vazifa