Mirzacho‘l O‘rta Osiyoning markaziy qismida Zarafshon vodiysining shimoli, Nurota tog‘larining sharqiy va janubiy qismida joylashgan bo‘lib, Qizilqum sahrosining shimoliy sharqiy bo‘lagi hisoblanadi.

Mirzacho‘l janubda Turkiston tizmasi, janubiy g‘arbda Nurota tog‘lari, g‘arbda Bolatog‘, Pistalitog‘, shimoliy g‘arbda Qizilqum cho‘li, sharq va shimoliy sharqda Sirdaryo bilan chegaralangan. Bugungi kunda O‘zbekistonning Sirdaryo, Jizzax viloyatlari, Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyati va Tojikistonning Zafarobod tumani hududlarini o‘z ichiga oladi.

Tarixda Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq nimalarni bilamiz? Cho‘lni o‘zlashtirish uchun aholi kimsasiz hududga surgun qilingani rostmi? Kimlar bu bepoyon chakalakzorlarni makon tutdi?

Shu kabi savollarga javob olish maqsadida Guliston davlat universiteti Tarix kafedrasi dotsenti Nazira Mirzayeva bilan suhbatlashdik.

—Avvalo nima uchun Mirzacho‘l deb atalishiga to‘xtalsak. O‘rta Osiyoning qadimgi tillaridan “Marzicho‘l” so‘zini katta dashtning cheti, deb tarjima qilish mumkin, — deydi N.Mirzayeva. — Arablar bosqinidan so‘ng bu so‘z o‘zgarishga uchrab, “Mirzacho‘l” deb atala boshlangan.

“Mirza” so‘zi arabchada “janob”, “saxiy” degan ma’nolarni bildiradi. Mana shu holat ayrim tadqiqotchilarning “Mirzacho‘l” so‘zini “Saxiy dasht” deb tarjima qilishga urinishlariga asos bo‘lgan.

— Mirzacho‘lning asosiy maydoni qancha?

— Uchburchak shaklida bo‘lgan Mirzacho‘l bir million gektardan ortiq keng yer maydoniga ega. Mirzacho‘l keng tekislikdan iborat bo‘lib, u bu jihatdan Markaziy Osiyoning boshqa tumanlariga qaraganda afzalliklarga ega. Chunki Markaziy Osiyoning hech qayerida sug‘oriladigan dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan bunday tabiiy keng yer maydoni uchramaydi.

— U yerda ko‘proq qanday aholi yashaydi?

—Hududning turli davrlarda o‘zlashtirilishi, Rossiya imperiyasining ko‘chiruvchilik siyosati natijasida Mirzacho‘l aholisining etnik tarkibi juda xilma-xildir. Xususan, o‘zbek urug‘lari, qozoqlar, tojiklar, qrim tatarlari, ukrainlar, mesxeti turklar, qirg‘izlar, koreyslar, armanlar, ozarbayjonlar istiqomat qilishadi.

—Mirzacho‘lda yashovchi aholi vohada yashashdan voz kechib, boshqa hududlarga ketib qolgan degan qarashlar bor. Rostdan ham shunday bo‘lganmi? Sababi nimada?

—Mirzacho‘l tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, qadimgi va o‘rta asrlardanoq aholi yashashi mumkin bo‘lgan o‘lka hisoblangan. Mirzacho‘l vohasining janubiy qismi tog‘ oldi yonbag‘irlarida miloddan avvalgi I ming yilliklardanoq aholi o‘troqlashgan. Mirzacho‘l vohasida aholi Xo‘jamushkentsoy, Sho‘rbuloqsoy, Mug‘olsoy, Tog‘obsoy, Sarmishsoy, Sirdaryo bo‘ylarida istiqomat qilgan. Sug‘orish tarmoqlari yaroqsiz holga kelishi bilan o‘troq aholi hududni tashlab ketgan.

Rus harbiy tarixchisi P.P.Shubinskiyning yozishicha, qadimda Mirzacho‘l o‘zlashtirilib, sug‘orish ishlari olib borilgan. U o‘lkaning butunlay bo‘shab qolishiga Qo‘qon xonligi davridagi Buxoro va Qo‘qon o‘rtasidagi tortishuvlar sabab bo‘lgan, deb ko‘rsatadi.

Rossiya imperiyasi bosqiniga qadar Turkistonning cho‘l hududlarida sun’iy sug‘orish ishlari olib borilgan. Cho‘lning chegara va tog‘adirlarning pastki qismlarida joylashgan aholi soy va buloqlar suvlaridan foydalanib, dehqonchilik qilishgan. Bug‘doy va boshqa tur don mahsulotlari ekilgan.

— Mirzacho‘lni o‘zlashtirish tashabbusi qanday paydo bo‘lgan?

—XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Mirzacho‘l hududi 1 mln.ga dan iborat bo‘lgan. Rossiya imperiyasi bu yerda paxtachilikni rivojlantirish va imperiyaning markaziy rayonlaridan yersiz dehqonlarni ko‘chirib keltirish orqali o‘zlashtirishni maqsad qilgan. Sovet tuzumi davrida O‘zbekistonda paxta yakka hokimligi siyosati tufayli o‘zlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

1861 – 1865 yillarda AQSHda bo‘lib o‘tgan fuqarolar urushi bu davlatdan olinadigan paxta narxini oshirib yubordi, oqibatda rus to‘qimachilik fabrikalari og‘ir iqtisodiy ahvolga tushib qoldi. Bu holat Rossiya imperiyasi ma’muriyatining Turkiston paxtasiga bo‘lgan qiziqishini oshirdi. Rossiya imperiyasining g‘arbiy hududlarida tashkil topgan sanoat markazlari uchun arzon xom ashyo manbaini topish zarur edi. Bu xom ashyo manbai uchun Turkiston o‘lkasi tanlandi.

Rossiya imperiyasi hukumati Farg‘ona vodiysi, Samarqand va Toshkent vohalariga tutashgan Mirzacho‘lga ham alohida e’tibor qaratgan. Rus hukumatining Mirzacho‘lga qiziqishi ortishi sabablaridan yana biri Toshkent bilan Samarqandni bir-biriga bog‘lovchi Chinoz–Jizzax yo‘li eng muhim savdo va harbiy yo‘l bo‘lsa-da, unda suv yo‘q edi. Bu yo‘l orqali bo‘ladigan serqatnovlikni ta’minlab turish uchun unga suv chiqarish zarurati tug‘iladi. Ikkinchidan, Mirzacho‘lning bepoyon tekisliklarini qishloq xo‘jaligi uchun o‘zlashtirish zarur edi. 

Imperiya ma’murlaridan biri A.Kushakevich Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi Turkiston general-gubernatorligining janub, janubiy-sharqqa tomon savdo va siyosiy yo‘li atrofida aholining zich joylashuviga olib keladi, deb hisoblardi. Uning fikricha, bu yerga dastlab ko‘chmanchilar ekin ekish uchun kelib o‘rnashadilar, so‘ngra ular asta-sekinlik bilan o‘troq turmush tarziga o‘ta boshlaydilar.

Foydalanilmay yotgan unumdor yerlarda yangi qishloqlar paydo bo‘lib, o‘zlashtirilgan yerlarda savdo va sanoatning rivojlanishiga turtki bo‘lishi kutilgan edi. Mirzacho‘lni o‘zlashtirish masalasi kun tartibiga qo‘yilgach, ketma-ket loyihalar tuzilib, ma’muriyatga taqdim etilgan. Rossiya imperiyasi hukumatining mustamlakachilik siyosatini amalga oshira boshlagan harbiylashgan boshqaruv ma’muriyati boshqa sohalarda bo‘lgani kabi irrigatsiya ishlariga ham markazdan chaqirilgan mutaxassislarga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. 

— Mirzacho‘lning shimoli-sharqidagi yerlarni sug‘orish uchun kanal qurilgani haqida tarixchilar ko‘p bor eslab o‘tishadi. U qanday kanal edi? 

—1899 yilda injener–texnolog F.A.Yelistratov Mirzacho‘lning shimoli–sharqida 45 ming desyatina yerni sug‘orish loyihasini ishlab chiqdi. 1901 yil 25 sentyabrda yangi kanal qurilishi boshlandi. Kanal qurilishi 1913 yilga qadar cho‘zilib ketdi, hattoki dastlabki 7 yil mobaynida  tugallangan loyihaning o‘zi ham yo‘q edi. Mablag‘ning yetishmasligi, kreditlarning kech o‘tkazilishi, bunday katta loyihani amalga oshirish uchun  mavjud texnikaning qoloqligi, shuningdek, loyihadagi ayrim kamchiliklar kanal qurilishi bo‘yicha ishlar juda sekin borishining asosiy sabablari edi. 

1906 yilda 45 ming desyatina yerni sug‘orish imkonini beradigan yangi kanal qurilishi uchun 140 ming rubl ajratilgan. Ammo ishning bunday borishi suvga bo‘lgan  ehtiyojni qondirmagani sababli ma’muriyat Nikolay I kanali faoliyatini tubdan yaxshilashga qaror qilgan.

Paxtaga bo‘lgan talabning oshib borishi kanal qurilishi ishlarini tezlashtirishga olib keldi. Davlat Dumasining a’zosi N.L.Skalozubov Mirzacho‘lga kelib, bu yerda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tayyorlagan  dokladida vohaning shimoliy–sharqiy qismini o‘zlashtirish ishini nihoyasiga yetkazish uchun davlat xazinasidan qo‘shimcha mablag‘ ajratish lozimligi ko‘rsatilgan.

Описание: rus 1

— Kanal qurilishi uchun qancha mablag‘ sarflangan?

— Rus hukumati kanal qurilishiga qo‘shimcha mablag‘ ajratishga majbur bo‘lgan. 1911 yilda kanal qurilishining yangi loyihasi tasdiqlandi. Kanal qurilishi ishlari bo‘yicha aloqa yo‘llari injeneri S.N.Chayevga shartnoma bo‘yicha 36 614 963 rubl, 66 kopeyka ajratilib, kanal qurilishini 1915 yil 1 yanvargacha tugatish vazifasi qo‘yildi. S.N.Chayev ham injener va ishbilarmon edi. U o‘z atrofiga yaxshi tashkilotchi, texnikani yaxshi biladigan injener A.V.Buddasini yordamchi qilib olgan, chet eldan 400 ming rubllik texnika, shu jumladan ekskavatorlar olingan. S.N.Chayev kanal qurilishi ishlarini muddatidan oldin nihoyasiga yetkazdi. Turkiston Davlat mulklari va dehqonchilik boshqarmasi uning arizasiga ko‘ra Nikolay I kanali orqali sug‘oriladigan yerlardan 300 ming desyatina yer berish masalasini ko‘rib chiqib, arizani qanoatlantirgan.

1913 yil 5 oktyabrda O‘rta Osiyo temir yo‘lining “Xilkovo” stansiyasi va Bekobod qishlog‘i yaqinida davlat mablag‘lari hisobidan qurilishi yakunlangan kanalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. 100 kilometr uzunlikda bo‘lgan kanalga tantanali suratda suv ochilgan, unga Romanov nomi berilgan. 

Kanal 1917 yildan boshlab Shimoliy Mirzacho‘l kanali deb yuritila boshlandi. Sovet davrida Kirov nomi bilan atalgan, bugungi kunda esa “Do‘stlik” kanali deb nomlanadi.

Описание: тарих 1003

— Ayrim manbalarda Mirzacho‘l chet el tadbirkorlarini ham qiziqtirib qo‘ygani haqida ma’lumotlar uchraydi. 

—Mirzacho‘l nafaqat mustamlakachilarni, balki chet el tadbirkorlarini ham qiziqtirgan. Mirzacho‘lda paxta yetishtirishning kelajagi amerikalik plantatorlarni ham qiziqtirgan. Amerikalik ishbilarmon D.Gammond boshchiligidagi ekspeditsiya vakillari 1911 yilning 27 martida Mirzacho‘lga tashrif buyurib, bu yerda agronom Bushuyevning tajriba dalasi ishlari bilan tanishgan. Amerikaliklar sho‘rxok bo‘lgan yerga kanaldan sho‘r grunt suvlari oqizilayotganini ko‘rib hayron qolganlar. Amerikaliklar Mirzacho‘lda amalga oshirilayotgan o‘zlashtirish ishlarining ahvolidan qoniqmagan.

Gammonddan keyin fransuz va italyan tadbirkorlari ham Mirzacho‘lga qiziqib qoldilar. Fransiyalik Filipp Djanni bu yerda tuproq ishlarini olib borish uchun pudrat shartnoma olishga muvaffaq bo‘lgan. Italiya fuqarosi Fara 430 desyatina yerni ijaraga olgan va kerakli miqdorda ish qurollariga ega bo‘lgan. Bularni u chorakor va koranda mahalliy aholiga juda og‘ir shartlar bilan bergan. 

Rus kapitalistlarining keskin kurashi tufayli 1912 yili chet elliklar Mirzacho‘ldan voz kechishga majbur bo‘ldilar. Shunday qilib Rossiya imperiyasi Mirzacho‘lni o‘zlashtirish ishlarini arzon mahalliy aholi kuchidan foydalangan holda davom ettiravergan.

Mirzacho‘lning bugungi qiyofasi, u yerda olib borilayotgan ishlar xususidagi mulohazalar, ya’ni suhbatning davomini O‘zA sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatishingiz mumkin.

O‘zA muxbiri Nigora Rahmonova suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qush uchsa qanoti, odam yursa oyog‘i kuyadigan Mirzacho‘l qanday o‘zlashtirilgan?