Ijtimoiy tarmoqlarda quruq yer uchastkalariga ham kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berilayotganini to‘g‘risidagi turli xil xabarlar tarqalmoqda.

Xo‘sh, aslida bo‘sh turgan yer maydoniga kadastr hujjatlari rasmiylashtiruv jarayoni qanday amalga oshiriladi? Ushbu savol bilan Kadastr agentligi xodimi Begzod Otabekovga yuzlandik. 

- Vazirlar Mahkamasining 389-sonli qarori 3 ilovasi bilan tasdiqlangan “Kadastr yig‘ma jildlari hujjatlarini shakllantirish to‘g‘risida” normaga asosan bo‘sh turgan yer uchastkalari, ya’ni imorat qurilmagan yer uchastkalariga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 

- Buning tartibi Vazirlar Mahkamasining 2020 yildagi 535-son qarorining birinchi ilovasi bilan tasdiqlangan Kadastr pasportini shakllantiriladi, — deydi Kadastr agentligi xodimi Begzod Otabekov. 

— Bu masalada fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki My.gov.uz orqali murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun esa huquqiy asos bo‘lgan ya’ni yer ajratish hujjati yoki auksion savdolari olingan bayonnomalar yoki Kolxoz, Savxoz kabi vakolatli organlarning davrida yer ajratish hujjatlari mavjud bo‘lishi talab etiladi. 

Yana bir muhim masala quruq yer uchastkalarini oldi-sotdi qilish mumkin emas. Sababi, yer ajratish hujjatlarida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi bilan yoki ijaradan foydalanish huquqi asosida yer ajratilgan bo‘lishi mumkin. Bu huquq turlari bilan quruq yer ya’ni imoratsiz yer uchastkalarining oldi-sotdi qilish imkoniyati mavjud emas. 

Biroq, bugungi kun amaliyotida yer uchastkalarini xususiylashtirib, davlat orderini olib, mulk huquqi shakllangandan so‘ng ya’ni yer uchastkasiga mulk huquqi shakllantirilgandan so‘ng buni bemalol belgilangan tartibda davlat notarial idoralari orqali oldi sotdi qilish imkoni mavjud.Bunda imorat qurilgan bo‘lishi talab etilmaydi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jlb7_oUTxhU" title="Quruq er uchastkalariga ham kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Mamaturopova, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quruq yer uchastkalariga ham kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berilmoqda (+video)