O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosini ta’minlash, ta’lim jarayonini qo‘shinlar kundalik jangovar faoliyati bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, vazirlik qo‘shinlarida olib borilayotgan islohotlar bilan doimiy ravishda boxabar qilib borish maqsadida Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy okruglar sinfini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida bugungi kunda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi tashabbusi bilan akademiyada ushbu okrug faoliyatiga bag‘ishlangan sinf tashkil etildi.

Ochilish marosimida ishtirok etgan mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev ushbu tashabbus kursantlar va tinglovchilarda milliy armiyamizning shonli tarixi va bugungi yutuqlariga bo‘lgan faxr va iftixorini yuksaltirishda muhim qadam bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari polkovnik Sh.Xairov, Qurolli Kuchlar akademiyasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va kursantlar ishtirok etdi.

N.Rahmonova tayyorladi. 
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurolli Kuchlar akademiyasida okrug faoliyatiga bag‘ishlangan sinf tashkil etildi