Dunyoning koʻplab mamlakatlarida fuqarolarining qurol olib yurishiga ruxsat berilgan. Hatto ayrim mintaqalarda qurol-yarogʻ oldi-sotdisi bilan shugʻullanuvchi doʻkonlar ham faoliyat koʻrsatadi. Maʼlumotlarga koʻra, birgina AQSH fuqarolari oʻzini himoya qilish uchun bir yilda 2 milliondan ortiq marta oʻq otar qurollardan foydalanar ekan.

Shukrki, biz tinch va osuda yurtda yashayapmiz.

Joriy yilning 29-iyul kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Qurol toʻgʻrisida”gi qonuni imzolandi. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur qonunning Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingandan soʻng aholi oʻrtasida turli munozaralarga sabab boʻldi. Ular mazkur qonun oʻzi bizga kerakmi, kimlarga qurol bilan muomala qilishga ruxsat beriladi, bu faoliyatni qaysi organ nazorat qiladi, kabi savollar bilan chiqishdi.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, “Qurol toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilishdan maqsad mamlakatimiz hududida qurol va uning oʻq-dorilari muomalasi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, mulkini himoya qilishga hamda jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan.

– Yangi qonun bilan qurolga egalik qilish, sotish va quroldan Oʻzbekiston hududida foydalanish tartibga solinadi, – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Rahmonov. – Qonun boʻyicha qurol turlari uch tasnifga boʻlinadi. Jumladan, fuqaroviy qurol, xizmat quroli va jangovar quroldan iborat. Oʻz navbatida, fuqaroviy qurol ov quroli, sport quroli va oʻzini oʻzi himoya qilish (gaz ballonchalari, mexanik tarqatuvchilar va aerozol, elektroshok uskunalari, uchqun chiqaruvchi qurilmalar) quroliga boʻlinadi.

Qonunda qurolni va uning oʻq-dorilarini olish huquqiga ega boʻlgan subyektlar roʻyxati belgilangan. Maxsus organlar va harbiy tuzilmalar, maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan, qurol ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish, ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar, qurolni kolleksiyalash yoki koʻrgazmaga qoʻyish bilan shugʻullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ana shu roʻyxatga kiradi.

Fuqaroviy qurollarni sotib olish uchun ruxsatnoma Milliy gvardiya tomonidan uch oy muddatga beriladi. Bunda sport qurollari va oʻzini oʻzi mudofaa qurollarini sotib olish huquqiga 18 yoshdan oshgan, fuqaroviy ov qurollari va ularning oʻq-dorilarini sotib olish huquqiga esa 21 yoshdan oshgan fuqarolar ega boʻladi.

Fuqaroviy quroliga ega boʻlishning qatʼiy tartib va talablari mavjud, istagan kishi uni sotib olish va foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmaydi. Shuningdek, birovning nomiga olingan ruxsatnoma bilan boshqa odam qurol yoki oʻq-dorilarni sotib ololmaydi. Sotib olingan qurollar esa Milliy gvardiya organlarida 10 kun muddat ichida roʻyxatga olinadi va shundan soʻng fuqaroga uni saqlash va olib yurishga ijozat beriladi.

Fuqarolar oʻrtasida munozaralarga sabab boʻlgan yana bir savol: qonunda Milliy gvardiyaga qanday vakolatlar berilgan? Qurolni koʻcha-koʻyda koʻtarib yurishga ruxsat beriladimi?

– Qonunning 40-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari muomalasi ustidan davlat nazorati Milliy gvardiya organlari tomonidan amalga oshiriladi, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi yuridik taʼminlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi, adliya polkovnigi Ilhom Turgʻunov. – Xususan, fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari muomalasi sohasida litsenziya va ruxsatnomalar berish, litsenziyalar va ruxsatnomalar talablari hamda shartlariga rioya etilishini tekshirish, qurol va uning oʻq-dorilari ishlab chiqariladigan, taʼmirlanadigan, realizatsiya qilinadigan, saqlanadigan hamda yoʻq qilinadigan joylarda ularni koʻzdan kechirish kabi nazoratlar Milliy gvardiya organlarining vakolatlariga kiradi.

Shuningdek, mazkur yoʻnalishda litsenziya va ruxsatnomalar egalari zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash hamda litsenziyalar va ruxsatnomalarning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki ularni bekor qilish huquqi ham mazkur tashk

ilot zimmasiga yuklanadi.

Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari muomalasi ustidan davlat nazorati boshqa organlar tomonidan ham oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.

Aholining qurolni koʻcha-koʻyda koʻtarib yurishga ruxsat beriladimi, degan savoliga javob beradigan boʻlsak, qonunda fuqaroviy va xizmat qurolini olib yurish bilan bogʻliq cheklovlar belgilangan.

Jumladan, fuqarolarning oʻzini oʻzi himoya qilish maqsadida fuqaroviy qurolni (bundan oʻzini oʻzi himoya qilish quroli mustasno), sovuq qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan, sport va xoʻjalik-maishiy maqsadlar uchun moʻljallangan ashyolarni olib yurishi man etiladi.

Mitinglar, koʻcha yurishlari, namoyishlar va boshqa ommaviy tadbirlar oʻtkazilganda, koʻngilochar va hordiq chiqarish uchun moʻljallangan joylarda, taʼlim, tibbiyot muassasalarida hamda qurol olib yurish taqiqlangan boshqa jamoat joylarida boʻlgan vaqtda alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holda fuqaroviy qurolni olib yurish taqiqlangan.

Shuningdek, jamoat joylarida, jumladan, shahar, shahar shaharlararo va xalqaro transportda qurolni ochiq holda (gʻilofsiz) olib yurish ham mumkin emas.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, qurol bilan sodir etilgan har qanday jinoyat jinoiy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida baholanadi.

Noqonuniy muomalada boʻlgan (ruxsatnomasiz) qurollari mavjud boʻlgan fuqarolarimizdan bunday qurollarni Milliy gvardiyaning nazorat-ruxsat berish faoliyati boʻlimlariga topshirishlarini soʻraymiz.

Umuman olganda, Milliy gvardiya tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda qabul qilinayotgan ushbu davlat organining faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qonun hujjatlari mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qurol toʻgʻrisidagi qonun” kimlar uchun?