Abduqodir Haydarovich DONAEV mustaqil izlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada qurilishi tugallanmagan ob’ektni fuqarolik muomalasiga kiritishning o‘ziga xos xususiyatlari, hozirgi kunda uy-joy qurilishi uchun investitsiya yoki ulush kiritgan, ammo uy-joy hujjatlarini ololmayotgan ko‘plab fuqarolarning firibgarlarga aldanib, puliga kuyib qolganligi holatlarining ko‘plab uchrashi kabi masalalar yoritiladi. Shuningdek qurilishi tugallanmagan ob’ektning huquq ob’ektlari tizimida mustahkam o‘rin egallaganligi, mazkur ob’ektlar bilan bitimlar tuzish mumkinligi masalasini hal etishga imkon berishi va ularni huquqiy tartibga solish genezisiga oid hozirgi kundagi muammolarga e’tibor qaratiladi.
Tayanch so‘zlar: ashyoviy huquq, fuqarolik muomalasi, fuqarolik huquqlarining ob’ektlari, qonun chiqaruvchi, yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar, topshirish–qabul qilish dalolatnomasi, muvofiqlik deklaratsiyasi, mualliflik nazorati, shaharsozlik hujjatlari, muvofiqlik to‘g‘risidagi xulosa, texnik nazorat.