Har bir ko‘chmas mulk fuqaroning unga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng vujudga keladi. O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 28 noyabrdagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq sohada olib borilayotgan ishlar ko‘lami kengaymoqda.

Shunga ko‘ra aholidan ham bu borada ko‘plab savollar tushadi. Davlat kadastrlari palatasi Guliston shahar filial rahbari K.Ismoilov bilan sohaga oid masalalar yuzasidan suhbatlashdik. 

– Sirdaryo viloyati Guliston shahrining jami yer maydoni 3 621 gektarni tashkil etadi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi 1 671 gektar, aholi punkti yerlari 1 367 gektarni tashkil etadi, – deydi K.Ismoilov. – Shuningdek, sanoat, transport, mudofaa 419 gektar, tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlar 4 gektar, suv fondi yerlari 160 gektardir. 

Ko‘chmas mulk bazasidagi ob’ektlar soni joriy yil 30 sentyabr holatiga ko‘ra, Guliston shahrida 31 512 tani tashkil qilgan. Bu yilning 9 oyi davomida Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan filialimizga jami 3 291 ta ariza kelib tushgan va shundan 828 tasi rad etilgan, qolgani jarayonda. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan esa  4 374 ta ariza kelib tushgan, shundan DXM va Kadastr tomonidan 832 ta arizalarda huquqni belgilovchi hujjatlar yo‘qligi va hujjatlarida kamchiliklar bo‘lganligi sababli rad etilgan, 3 298 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

– Yo‘qolgan kadastr pasporti qanday tartibda tiklanadi? 

– Avvalom bor ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki my.gov.uz portalida (YAIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. 

Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi. So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolgan (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi. 

– Qurilishi to‘liq yakunlanmagan uyga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish mumkinmi ? 

– Bunda bino va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos bo‘ladi. Qurilishi tugallanmagan ob’ektlarga bo‘lgan huquqlar, bu ob’ekt joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin va loyiha tashkilotining mazkur ob’ektning qurilishi shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan loyiha asosida boshlanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi ro‘yxatdan o‘tkaziladi va kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi. 

– Kadastr hujjatida belgilangan maydondan chiqmagan holda qurilish qilinsa, binoning tom qismi yopilgan, lekin ichki qismi bitmagan bo‘lsa, uni loyihalashtirib kadastr hujjatiga qo‘shtirish uchun nima qilish kerak, jarimasi bo‘lmaydimi? 

– Unda Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ariza yuboriladi. Vazirlar Mahkamasining 200-son qaroriga ko‘ra, qurilish loyihasini tuman arxitektura bo‘limlari tasdiqlagandan so‘ng, binoga qurilishi tugallanmagan ob’ekt sifatida kadastr pasporti shakllantiriladi. Shuningdek, ushbu holatda jarima tatbiq etilmaydi. 

– Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yer uchastkasini boshqa odamdan sotib olib, o‘zining nomiga o‘tkazish tartibi qanday? 

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qarorining 1-ilovasiga asosan, yer uchastkalarini xususiylashtirish “Yerxususiylashtirish” AAT orqali amalga oshiriladi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan mulk huquqi berilganligi yuzasidan Davlat orderi taqdim etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng, yer uchastkasini notarial tartibda oldi-sotdi qilsa bo‘ladi. 

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilishi to‘liq yakunlanmagan uy,  kadastr to‘lovi nima yoxud yo‘qolgan kadastr pasporti qanday tiklanadi?