Qurilishda yangi davr: Ilmiy yondashuv va raqamli islohotlar
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirishinstituti tashabbusi bilan “Qurilish va uy-joy kommunal sohasida yangicha yondashuvlar” mavzusidagi II Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanning asosiy maqsadi shaharsozlik va uy-joykommunal sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, ilmiy yondashuvlar va innovatsion yechimlarni joriy etish hamda zamonaviy texnologiyalardansamarali foydalanish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda sohada zamonaviy talablarga mos, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
Prezidentimiz farmon va qarorlariga asosan, mutaxassislarni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, ularning bilim va malaka darajasini baholash, amaliyot bilan bog‘liq ko‘nikmalarini takomillashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Kompetensiyani rivojlantirish institutida 2023 yildanbuyon seysmik xavfsizlikning II, III va IV toifalaridagi binolarga oid loyihalash, ekspertiza, qurilish-montaj ishlari hamda nazorat jarayonlarida faoliyatyuritayotgan mutaxassislarni sertifikatlash amaliyoti joriy etilgan.
Institut doirasida shaharsozlik hujjatlariekspertizasi, qurilishda texnik va mualliflik nazorati, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlari, loyiha bosh muhandislari va arxitektorlaruchun zamonaviy malaka talablari belgilandi. Bu orqali sohada shaffoflik va raqobatbardoshlik oshirilib, xalqaro standartlarga mos ish yuritish tizimishakllantirilmoqda.
O‘tgan yil davomida 7 ming 600 dan ziyod, 2025 yilning 9 oyida esa qariyb 5 ming 700 nafar mutaxassis tegishli yo‘nalishlarda malaka oshirish kurslarini tamomladi. Barcha jarayonlar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi vaBilim va malakalarni baholash agentligi platformalari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, malaka sinovlari va sertifikat olish jarayonlari to‘liqraqamlashtirilgan.
Institut tomonidan masofaviy ta’lim uchun LearningManagement System (LMS) platformasi ishlab chiqildi. Shuningdek, sert.mc.uz qabul tizimi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplom.edu.uz bazasi bilan bog‘lanib, o‘quvchilarning diplom ma’lumotlarini avtomatik tekshirish imkoniyati yaratildi.
Anjumanning ikkinchi qismi sho‘’balar kesimida davom etdi. Har bir yo‘nalishda mutaxassislar ilmiy-tadqiqot natijalari, amaliy tajribalar va sohadagi zamonaviy yechimlar bo‘yicha fikr almashdi. Kompetensiyani rivojlantirish instituti 2026 yilda 6000 dan ziyod mutaxassisni o‘qitish, sertifikatlash tizimini to‘liq raqamlashtirish, ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish va maxsus magistratura yo‘nalishini tashkil etishni rejalashtirgan.
Anjuman yakunida ishtirokchilar sohada innovatsionyondashuvlarni keng joriy etish, kadrlar malakasini oshirish va ilmiy hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalarni ilgari surdi.
Shahnoza Mamaturopova, O‘zA