Qurilish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda
Buxoro arxitektura va qurilish kolleji negizida “Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi” faoliyat boshladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 25 yanvardagi “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy davlatga ketayotgan shaxslarni va band bo‘lmagan aholini o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan markazda ichki va tashqi mehnat bozoriga qurilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi.
bugungi kunda markazda 14 ta qurilish kasbi bo‘yicha ishchi kasb egalari tayyorlanmoqda. 10 nafar malakali ishlab chiqarish ta’limi ustasi, 12 nafar tajribali pedagog axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib tinglovchilarga ta’lim bermoqda.
Shuningdek, markaz tinglovchilariga chet tillari ham chuqur o‘rgatiladi.Ayni paytda 221 nafar tinglovchi bu yerda bino poydevorini tayyorlashdan boshlab, inshootni tiklash, muhandislik kommunikatsiyalarini o‘rnatishgacha bo‘lgan ishlarni o‘rganib, amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lmoqda.O‘quv markazini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga respublikamiz va xorijdagi qurilish pudrat tashkilotlariga ishlash huquqini beruvchi xalqaro sertifikat beriladi.
[gallery-2425]
Tohir ISTATOV olgan suratlar, O‘zA