Yurtimiz tarixidagi eng yirik loyihalardan biri bo‘lgan «Yangi Toshkent» shahri hududidagi qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Barcha zamonaviy talablarga javob beradigan yangi shaharni bunyod etishda minglab qurilish mutaxassislari va ishchilarga ehtiyoj mavjud.

Aynan shu sababli Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari «Yangi Toshkent» hududida faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, xorijda mehnat qilib qaytgan fuqarolarimizni ish bilan ta’minlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi.

“Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasi matbuot xizmatiga ko‘ra, bugungi kunda hududdagi qurilish maydonlarida qariyb 4 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rni mavjud. Qurilish sohasida tajribaga ega ishchilar uchun talab tobora oshib bormoqda. Bu, xorijda mehnat qilayotgan, lekin o‘z yurtida munosib ish topishni istayotgan yurtdoshlarimiz uchun katta imkoniyat demakdir.

Shu bois, xorijda bo‘lib, «Yangi Toshkent» loyihasida ishlashni istagan yurtdoshlarimiz uchun maxsus “Call markaz” tashkil etilmoqda. Ushbu xizmat orqali fuqarolar ish beruvchilar bilan bevosita bog‘lanib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ish sharoitlari va talablar haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin. Bundan tashqari, ishga joylashish jarayonida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Ushbu tarixiy loyiha yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqichi bo‘lishi bilan birga, minglab fuqarolarimiz uchun barqaror daromad va munosib mehnat sharoitlarini yaratish imkonini ham taqdim etadi.

Mohigul Qosimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish sohasida 4 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rni mavjud – “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasi