Qurilayotgan bino va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshligi, uzoq yillar xalqimizga xizmat qilishi unda ishlatilayotgan qurilish materiallari, metall konstruksiyalari sifatiga har jihatdan bog‘liq. Shu ma’noda qurilishda qo‘llanilayotgan armatura yoki g‘ishtdan tortib beton qorishmasigacha namunalarni maxsus sinovdan o‘tkazish, ularning davlat standarti va loyiha talablariga mosligini tekshirish muhim vazifalardan sanaladi.

Farg‘ona viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining qurilish-sinov laboratoriyasi va bino-inshootlarning texnik holatini o‘rganish bo‘limi ana shu faoliyatni amalga oshiradi. Farg‘ona shahrining “Ilg‘or” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qad ko‘tarayotgan ekoshaharda joylashgan mazkur bo‘lim zamonaviy sinov apparaturalari, texnik jihozlar bilan ta’minlangan.

– Bo‘limimizga qurilish jarayonlarining bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tish paytida materiallardan namunalar olib kelinadi. Ularni maxsus texnika va apparaturalar yordamida sinovdan o‘tkazamiz. Tegishli xulosalar olingach, bu materiallarni ishlatish yoki ishlatmaslik haqida qaror qabul qilinadi, – deydi bo‘lim boshlig‘i Mansurjon Nabiyev.–Joriy yilning 9 oyi mobaynida mavjud bino-inshootlar texnik holatini o‘rganish bo‘yicha 321 ta xulosa tayyorlangan bo‘lsa, ularning 253 tasi yaroqli, 31 tasi yaroqsiz va 36 tasi kuchlantirish lozim deb topildi. Qurilish materiallari bo‘yicha esa 1 ming 603 ta sinov bayonnomasi rasmiylashtirilib, ularning 1 ming 599 tasi uchun ijobiy, 14 tasi uchun salbiy, ya’ni qoniqarsiz xulosa berilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim mutaxassislari tomonidan temir-beton konstruksiyalar, betonlashtirish ishlarining loyihada ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga mosligini binolarni buzmasdan sinash, siqilishga bo‘lgan mustahkamligini tekshirish amalga oshiriladi. Buning uchun alohida maxsus jihozlangan avtotransport ajratilgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ob’ektga borib tekshirish ishlari olib boriladi.

– Ilgari bunday sinovlarni faqat poytaxtdagina amalga oshirish mumkin edi. Hozirda qurilish tashkilotlari o‘zlari ishlatayotgan materiallardan namunalar olib kelishib, shu yerning o‘zida xulosa olishlari mumkin, – deydi laboratoriya yetakchi mutaxassisi Nargiza Qurbonova. – Misol uchun, qurilish ob’ektiga olib kelingan ashyoning har bir partiyasi sinovdan o‘tkazib olinadi va talabga javob bermagani qaytariladi. Beton qorishmasi bo‘ladimi, armatura yoki temir konstruksiyami, g‘ishtmi sinov uskunasi yordamida cho‘ziluvchanligi, egiluvchanligi, mo‘rtligi tekshirilib, xulosalar beriladi. Buning uchun barcha kerakli jihozlar, zamonaviy texnika va apparaturalarimiz yetarli.

Bu amaliyot qurilish sub’ektlari uchun foydadan xoli emasligi ravshan. Axir, ishlatayotgan materialing sifatli va pishiq, barcha talablarga javob bersa, ko‘ngling ham tinch, ishingda ham unum bo‘ladi.

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish materiallari sifati qanday tekshiriladi?