Qurbonov Dilshodjon Maxamadaliyevichning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Sudga qadar ish yurituvida qonuniylikni ta’minlashni takomillashtirish” mavzusida
Qurbonov Dilshodjon Maxamadaliyevichning 12.00.09 – Jinoyat-protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi ixtisoslik shifri bo‘yicha “Sudga qadar ish yurituvida qonuniylikni ta’minlashni takomillashtirish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 11 aprel kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100211, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Chorsu qo‘rg‘oni.
Tel.: (71) 230-32-71; faks: (71) 230-32-80.
e-mail: Jxu@umail.uz