Toshkent metropoliteni matbuot xizmati Qurbon hayiti bayrami kunlari metroning ish faoliyati rejimini ma’lum qildi.

2025 yil 6 iyun — Qurbon hayiti bayrami kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni tonggi soat 03:00dan ish faoliyatini boshlaydi. 

Bundan tashqari, Qurbon hayiti bayrami kuni barcha yo‘lovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi. 

Shuningdek, metro yo‘lovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida quyidagicha tartibda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

7 iyun — shanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha;

8 iyun — yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurbon hayiti bayrami kuni ma’lum muddat metro bepul bo‘ladi