Qurbanov Abdimalik Jo‘rayevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Mosh hosilini yanchib, donini ajratadigan qurilma parameter va ish rejimlarini asoslash” mavzusida
Qurbanov Abdimalik Jo‘rayevichning 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo‘yicha “Mosh hosilini yanchib, donini ajratadigan qurilma parameter va ish rejimlarini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2023 yil 2 dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 225-uy, 1- bino, 239-xona.
Tel.: (+99875) 221-09-23, faks: (+99875) 224-13-95.
e-mail: qmii@qmii.uz