FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida bu yil 2500 gektar maydonda qulupnay pishdi. Tuman omilkorlari yil sayin bilim va tajriba oshirib, qulupnay yetishtirish bo‘yicha haqiqiy mutaxassisga aylanmoqda.

Tumanda Amerika, Yevropa va Osiyo davlatlaridan olib kelingan eksportbop navlar mahalliylashtirilib, hosildorlik va ta’m jihatidan yuqori standartlarga javob beradigan mahsulot yetishtirilmoqda.

Uchqo‘rg‘on qulupnaylari faqat yurtimizni, balki Kengsay chegara postidan o‘tib Qirg‘iziston orqali Qozog‘iston, Rossiya va Xitoy bozorlariga ham yo‘l olgan. Bu esa nafaqat eksportni rivojlantirish, balki mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

[gallery-22993]

E’tiborlisi, har yili o‘tkazilayotgan Qulupnay festivali mahalliy aholi bilan birga, xorijlik sayyohlarni ham jalb qilmoqda.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qulupnaychilik – Uchqo‘rg‘onning tashrif qog‘ozi